Телефон
+998 (71) 256-13-49
Эл. адрес
info@uzgeouniver.uz
        
Карта сайта
Увеличить на0%

Новости

Qishki ta’til yakunlanmoqda, universitetda sharoitlar qanday?

16.01.2023 / 15:01
1461

Talabalar hayoti diqqat markazimizda!

Ma’lumki, shu kunlarda respublikamizda faoliyat olib borayotgan oliy ta’lim muassasalari mas’ullari tomonidan  qo‘shimcha berilgan qishki ta’til yakunlanishi munosabati bilan talabalarning o‘z oliygohlariga qaytishlari, talabalar turarjoylarini sharoitlarini yanada yaxshilash, qishki imtihonlarga tayyorgarlik ko‘rishlariga qulay imkoniyatlar yaratish ishlariga hozirlik ko‘rilmoqda.

Geologiya fanlari universiteti rektori buyrug‘iga ko‘ra, talabalarning universitetga sog‘-salomat va uyushqoqlik bilan yetib kelishlarini to‘g‘ri tashkil etish, ularni yetib keladigan sanasi va transport turlari bo‘yicha guruhlashtirish bo‘yicha tyutorlar ishtirokida universitet Shtabi tomonidan zarur choralar ko‘rilmoqda.

Joriy yilning 16 yanvar kuni universitet rektori M.Isoqov talabalar turarjoyida ta’til davrida olib borilgan yengil ta’mirlash ishlari natijalari, issiqlik va elektr ta’minoti tizimlarini uzluksiz ishlashini yana bir bor ko‘zdan kechirdi.

Shuningdek, Toshkent shahriga yetib kelgan talabalar uchun 16 yanvar kunidan boshlab alohida dars jadvali asosida qo‘shimcha mashg‘ulotlar tashkil etish, qishki sessiya imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha konsultatsiyalar o‘tkazish bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Мы рекомендуем

02.05.2024 / 11:05
03.10.2022 / 18:10
“Xon atlas” - miliy matolar fetivali

Atlas, adras shu kabi milliy matolarimiz yorqin ranglari takrorlanmas bezaklari bilan o‘ziga maftun etadi.

02.12.2022 / 11:12
BIR ZIYOLI – BIR MAHALLAGA MAʼNAVIY HOMIY

Joriy yilning 28-noyabr kuni Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 4- sektor kesimi bo‘yicha 221 umumtaʼlim maktabida “Bir ziyoli – bir mahallaga maʼnaviy homiy” tamoyili asosida navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi.

15.03.2023 / 15:03
“Bilimlar bellashuvi”ning navbatdagi saralash bosqichi o‘tkazildi

Xabaringiz bor “Geologlar kuni” munosabati bilan joriy yilning 2-aprel kuni O‘zbekiston Milliy Universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti va Geologiya fanlari universiteti talabalari o‘rtasida “Bilimlar bellashuvi” oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

//