Телефон
+998 (71) 256-13-49
Эл. адрес
info@uzgeouniver.uz
        
Карта сайта
Увеличить на0%

Новости

“Qishki ta’til-mazmunli ta’til!”

04.01.2023 / 15:01
1287

 

“Har bir talaba nazoratda”

Avval xabar berganimizdek, Geologiya fanlari universiteti rektori topshirig‘iga ko‘ra talabalarning qishki ta’til vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlarini tashkil etish, ta’til davrida onlayn shaxmat-shashka, “Sirli geologiya” intellektual o‘yinlari o‘tkazilishi hamda talabalarning ta’til yakunlanib, universitetga qaytishlarini to‘g‘ri tashkil etish choralari belgilangan.

Joriy yilning 4 yanvar kuni  talabalar va ularning ota-onalari bilan ZOOM platformasi orqali navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi xodimlari, professor-o‘qituvchilar, universitet yoshlari ittifoqi yetakchisi, psixolog, tibbiyot xodimi hamda tyutorlar ishtirok etdilar.

Onlayn tashkil etilgan ushbu uchrashuvni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi boshlig‘i Sh. Mamatjanov ochib, barcha talabalar va ularning ota-onalarini yangi yil bilan universitet rahbariyati nomidan tabriklab, tanlagan sohalarining yetuk mutaxassislari bo‘lib yetishishlariga tilak bildirdi.

Shu bilan birga, talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun tashkil etilgan onlayn shaxmat-shashka, “Sirli geologiya” intellektual o‘yinlarida faol qatnashishlari hamda badiiy kitoblar mutolaa qilishga chaqirdi.

Universitetning talabalar turarjoyi tarbiyachi pedagogi O‘. Avezov viloyatlarda istiqomat qilayotgan talabalarning universitetga qaytish oldidan tyutorlarini xabardor qilishlari, imkoni boricha sovuq ob-havo sharoitlarida yo‘lga chiqmasliklarini tavsiya etdi. Zarurati bor talabalarga talabalar turarjoyiga kelishlari mumkinligi bildirildi.

Universitetning iqtidorli talabalaridan Husanboy Yo‘lchiboev universitet miqyosida o‘tkazilayotgan “Sirli geologiya” intellektual o‘yinida yuzga yaqin talabalar, ayniqsa Qoraqalpog‘iston davlat universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti talabalari ham  qatnashayotganliklarini ma’lum qildi.

Onlayn uchrashuvda talabalar va ularning ota-onalarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.

Мы рекомендуем

05.09.2022 / 19:09
TA'LIM KREDITI

TA'LIM KREDITI AJRATAYOTGAN BANKLAR RO'YXATI

16.12.2022 / 11:12
Akademik H.M.Abdullayev va I.X.Xamrabayev nomidagi stipendiyalar tanlovining natijalari e’lon qilindi.

 

Geologiya fanlari universitetida iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularning ilmiy va ijodiy kamol topishida koʻmaklashish, ularni alohida qoʻllab-quvvatlash (jumladan, faoliyatini ragʻbatlantirish va erishgan yutuqlarini munosib taqdirlash) maqsadida magistratura talabalari uchun akademik H.M.Abdullayev va bakalavriatura talabalari uchun akademik I.X.Xamrabayev nomidagi stipendiyalar tanlovi natijalari Universitet Kengashi tomonidan ma’qullandi va g’oliblar aniqlandi.

06.09.2023 / 11:09
//