Телефон
+998 (71) 256-13-49
Эл. адрес
info@uzgeouniver.uz
        
Карта сайта
Увеличить на0%

Новости

Frayberg konchilik akademiyasi rektori Claus-Diter Barbnext Geologiya fanlari universitetiga tashrif buyurdi

05.09.2023 / 11:09
799

Xalqaro aloqalar

Geologiya fanlari universiteti va Frayberg texnika universiteti konchilik akademiyasi rektorlari o‘rtasida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

  Geologiya fanlari universiteti rektori M.Isoqov boshchiligida va mas’ul xodimlar ishtirokidagi ushbu uchrashuvda Frayberg texnika universiteti konchilik akademiyasi rektori professor Claus-Diter Barbnext bilan 2021 yilda imzolangan memorandum doirasida bajarilgan ishlar, kelgusida amalga oshirilishi lozim vazifalar muhokama qilindi.

Xususan, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda 2023 yil yakuniga qadar Geologiya fanlari universitetida Saksoniya federativ viloyatidagi (Germaniya) oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish uchun iqtidorli yoshlarni yetkazib berishga ixtisoslashtirilgan Markaz tashkil etish kabi ikki oliy ta’lim muassasalari uchun manfaatli bo‘lgan qator masalalarga to'xtalib o'tildi.

  Universitet rektori M.Isoqov taklifiga ko‘ra xorijiy mehmon tashkil etilishi rejalashtirilayotgan Markaz uchun ajratilgan zamonaviy axborot texnologiyalar bilan jihozlangan o‘quv xonalari bilan tanishtirildi.

  Ma’lumot o‘rnida, tashkil etilishi rejalashtirilayotgan ushbu Markazda tahsil olgan iqtidorli yoshlar Saksoniya federativ viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarida grant asosida talablikka qabul qilinishlari nazarda tutilgan.

  Frayberg texnika universiteti konchilik akademiyasi (Technische Universitat Bergakademie Freiberg) 1765 yilda Frayberg konchilik oliy o‘quv yurti sifatida tashkil etilgan bo‘lib, 1993 yilda bugungi nomi bilan o‘zgartirilgan. U konchilik ta’lim sohasida dunyodagi eng ko‘hna ta’lim muassasalaridan biri sanaladi.

Ushbu Universitetning faoliyati yangi konlarni geologik-qidiruvi, foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlashning ekologik toza texnologiyalaridan tortib muqobil energiya texnologiyalarini ishlab chiqish, xom-ashyo hamda kon chiqindilarini utilizatsiya qilish, qayta ishlatish va yangi turdagi mahsulotlarni yaratishgacha bo‘lgan to‘liq texnologik jarayonni qamrab olgan.

Universitet ilmiy-tadqiqot bo‘yicha Germaniyadagi o‘nta yirik universitetlaridan biri hisoblanadi.

U Yevropada o‘zining ilmiy va o‘quv koniga ega bo‘lgan yagona universitetdir.

Universitetda Matematika va informatika; Kimyo va fizika; Geofanlar, geotexnika va konchilik; Mashinasozlik, Energetika va texnologik jarayonlar; Iqdisodiyot; Materialshunoslik va materiallar texnologiyasi 6 ta fakultet mavjud.

Frayberg texnika universiteti konchilik akademiyasi 74 davlatning

274 ta’lim muassasasi bilan bevosita kamda Yevropa Ittifoqi YeI dasturlari doirasida hamkorlik qiladi.

Bugungi kunda universitet O‘zbekistonning Geologiya fanlari universiteti va Navoiy davlat konchilik institutlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

Мы рекомендуем

28.03.2022 / 17:03
GEOS 2022 – БИР МАҚСАДГА ЖАМ БЎЛГАН ИЛМ АНЖУМАНИ

"...GEoS 2022  Геология ва геофизика соҳасидаги фундаментал ва амалий муаммоларни ҳал қилувчи олимларни бирлаштирган илмий ва амалий конференция фаол муҳокама майдони бўлиб, фанни ривожлантириш бўйича янги йўналишларни ишлаб чиқишга хизмат қилмоқда."

07.04.2021 / 11:04
ОБЩЕОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ШКОЛЫ ОРГАНИЗОВАЛИ КРУГЛЫЙ СТОЛ

Как много нужно и важно узнать в этом мире, стремиться к знаниям, прогрессу развития своей личности, делиться знаниями с окружающими – все эти и другие темы обсуждались за организованным 7 апреля руководством средних школ №№27 и 207 Мирзо-Улугбекского района совместно с Университетом геологических наук Круглым столом.

 

16.01.2023 / 15:01
15.11.2022 / 17:11
Sport – salomatlik garovi!

Joriy yilning 14 noyabr kuni poytaxtimizning Humo Arena majmuasida boshlangan ushbu marafonda minglab hamyurtlarimiz qatorida Geologiya fanlari universiteti yoshlari ham ishtirok etdilar.

//