Телефон
+998 (71) 256-13-49
Эл. адрес
info@uzgeouniver.uz
        
Карта сайта
Увеличить на0%

Новости

8-mart-Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o'tkazilgan tadbir!

09.03.2024 / 11:03
1234

Geologiya fanlari universitetida joriy yilning 7-mart kuni universitet kampusida erta tongdan musiqa sadolari ostida universitet ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi boshchiligida iqtidorli talabalardan iborat guruh ayol xodim va talaba-qizlarni gullar bilan kutib olishdi. Kunning ikkinchi yarmida universitetda“Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirga tashrif buyurgan ayol xodim va talaba-qizlar lolalar bilan hamda Yunus Rajabiy nomidagi milliy musiqa san’ati institutining sozanda talabalari chalgan kuylar bilan qarshi olindi.

Tantanali tadbirga H.M.Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti,  Mineral resurslar instituti, Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti, Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi institutlaridan mas’ul rahbarlari ishtirok etib, tashrif buyurga xotin-qizlarni bayram bilan tabrikladilar.

Xususan Geologiya fanlari universiteti rektori Maqsud Isoqov o‘z tabrik so‘zlarida bugungi kunda xotin-qizlarga munosib turmush sharoiti yaratish, gender tengligi kabi masalalar mamlakatimiz bosh Qomusida mustahkam belgilab qo‘yilganligini alohida ta’kidlab o‘tdi. 

Badiiy anjumanda Madaniyat vazirligi qoshidagi Lektoriy-konsertlarni tashkil etuvchi jamoa tomonidan tayyorlangan bayramona badiiy chiqishlar tomoshabinlarda alohida ta’sirot qoldirdi. Musiqiy jamoaning ham jahon, ham milliy kuylari, jamoa xonandasining qo‘shiqlar tomoshabinlar tomonidan olqishlar bilan qo‘llab-quvvatlanib turildi.

Tadbir so‘ngida Universitet Kasaba uyushmasi tomonidan universitetning barcha ayol-qizlariga bayram sovg‘alar ulashildi.

Мы рекомендуем

28.02.2023 / 13:02
Huquqiy savodxonlik

 

Inson huquqlari nima?

16.05.2023 / 17:05
21.11.2022 / 12:11
Talabalik oltin davrim!

2022-yil 17-noyabr kuni Toshkent shahar Yoshlar markazida tashkil etilgan “Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan “Talabalik oltin davrim” shoiri ostidagi bayram dasturida Geologiya fanlari universiteti talabalari faol ishtirok etdilar.

 

//