Телефон
+998 (71) 256-13-49
Эл. адрес
info@uzgeouniver.uz
        
Карта сайта
Увеличить на0%

Новости

Geologiya fanlari universitetida joriy yilning 21-mart kuni Navro‘z umumxalq bayrami hamda Ramazoni sharif munosabati bilan rektor Maqsud Isoqov boshchiligida talabalar uchun iftorlik dasturxoni yozildi.

22.03.2024 / 09:03
239

 

Geologiya fanlari universitetida joriy yilning 21-mart kuni Navro‘z umumxalq bayrami hamda Ramazoni sharif munosabati bilan rektor Maqsud Isoqov boshchiligida talabalar uchun iftorlik dasturxoni yozildi.

Mehmon sifatida tashrif buyurgan Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti katta ilmiy xodimi, dotsent, manbaashunos, islomshunos Hamidulla Lutfullayev Ramazon oyi nafaqat ibodat, balki hayru saxovat, insonlar oʻrtasida mehr-oqibat rishtalarini mustahkamlovchi muborak oy ekanligini ta'kidlab o‘tdi.

Fayzli dasturxon atrofida kechgan suhbatlar jarayonida ushbu oyining fazilatlari haqida soʻz yuritildi. Yurtimizga tinchlik, oilalarimizga totuvlik, roʻzgʻorlarimizga baraka tilab duolar qilindi. Shunday ulug‘ kunlarda yangilanish, yasharish bayrami bo‘lmish Navro‘zi olamning nishonlanishi, qo‘shaloq bayram ekanligi nur ustiga a’lo nur bo‘ldi.

 

  

  

Мы рекомендуем

11.11.2022 / 08:11
«Ilm olish - igna bilan quduq qazigandek gap, g‘ayrat va shijoat, to‘zim talab qiladigan ish»

 

Taniqli yozuvchimiz Oybek, «ilm olish - igna bilan quduq qazigandek gap, g‘ayrat va shijoat, to‘zim talab qiladigan ish», deya taʼkidlagan.

18.03.2023 / 17:03
Umumxalq xayriya hashari

 “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki

31.10.2022 / 12:10
Hurmatli talabalar rus tilini o‘rganishini istaysizmi?

 

Sizlarga bepulga universitetimiz talabalari tomonidan tashkil etilgan "Rus tilini o‘rganamiz" nomli to‘garakda aʼzo sifatida ro‘yhatga yozilib rus tilini o‘rganishiningiz uchun imkoniyat yaratilganligini maʼlum qilamiz.

//