Телефон
+998 (71) 256-13-49
Эл. адрес
info@uzgeouniver.uz
        
Карта сайта
Увеличить на0%

Новости

«Ilm olish - igna bilan quduq qazigandek gap, g‘ayrat va shijoat, to‘zim talab qiladigan ish»

11.11.2022 / 08:11
2712

 

Taniqli yozuvchimiz Oybek, «ilm olish - igna bilan quduq qazigandek gap, g‘ayrat va shijoat, to‘zim talab qiladigan ish», deya taʼkidlagan.

Albatta, kimdir bu quduqni oxirigacha qazib, chanqog‘ini qondiradi, kimdir esa uning aksi. Yaʼni oramizda hech narsa bilmaydigan, bilishga intilmaydigan kishilar ham yo‘q emas.

Unutmaylik, bilimli inson hech qayerda, hech qachon yolg‘iz qolmaydi, bilim insonni yomonliklardan asraydi, kishiga hayotda o‘z o‘rnini, hurmat-eʼtibor topishiga yordam beradi

Kitob - inson ongining ko‘zgusi. Agar inson ana shu ko‘zguda o‘zini chiroyli ko‘rishni istasa, demak, ko‘p kitob o‘qishi, maʼnaviy ozuqa olishi, kitobni o‘ziga do‘st tutishi kerak.

Kitob shubhasiz, insonning eng oqil, to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatuvchi do‘sti, maslahatchisiga aylanadi. Qancha ilm izlasak, qancha mehr va ko‘makka muhtoj bo‘lsak, barchasini kitobdan topishimiz mumkin.

Bilim olishni istagan har bir kishi uchun kitob hamisha yordamchi ekanligini unutmaslik lozim. Kitoblar olamida yashagan insonning ongi, dunyoqarashi, salohiyati, maʼnaviyati yuksak bo‘ladi. Kitob beradigan maʼnaviy xazina hech qachon tugamaydi, bu ziyo hech qachon so‘nmaydi. Kimki hayot shamini ilm bilan yoqsa, u sira so‘nmaydi, oradan yillar, asrlar o‘tsa-da, qalblarda barhayot qalqib turaveradi.

Bilimning chegarasi yo‘q. Go‘yoki u ufqqa o‘xshaydi. Unga qancha yaqinlashsang, shuncha uzoqlashaveradi. Inson faqat kitob o‘qish bilangina chegaralanib qolmasdan, o‘rganganlarini amalda qo‘llashi ham zarur. Kishi qancha ko‘p o‘qisa, shuncha kuchli bo‘ladi.

Мы рекомендуем

30.09.2023 / 17:10
Universitetda Ota-onalar kongressi hamda OAV xodimlari uchun Press-tur tashkil etildi

 Joriy yilning 29 sentabr kuni Geologiya fanlari universitetida Ota-onalar kongressi hamda OAV xodimlari uchun Press-tur tashkil etildi.

09.06.2023 / 18:06
//