Телефон
+998 (71) 256-13-49
Эл. адрес
info@uzgeouniver.uz
        
Карта сайта
Увеличить на0%

Новости

“Bilimlar bellashuvi”ning dastlabki saralash bosqichi o‘tkazildi.

14.03.2024 / 22:03
231

Geologlar kuni” munosabati bilan joriy yilning 6-aprel kuni O‘zbekiston Milliy Universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti va Geologiya fanlari universiteti talabalari o‘rtasida “Bilimlar bellashuvi” oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan 2024-yil 14-mart kuni Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi va “Umumiy geologiya” kafedrasi hamkorligida Geologiya fanlari universiteti talabalari o‘rtasida dastlabki saralash bosqichi o‘tkazildi.

Saralash bosqichi 3 shartdan iborat bo‘lib, unda 8 ta jamoa ishtirok etdi:

1-shart. Jamoaviy savollar – 10 ta. Savollar “Umumiy geologiya”, “Mineralogiya” va “Strukturaviy geologiya” fanlaridan Zakovat intelektual oʻyinlari tartibida shakllantirilgan. Bunda har bir savolga o‘ylash uchun 1 daqiqa vaqt ajratildi va har bir to‘g‘ri javobga 1 ball berildi.

2-shart. Togʻ jinsi va minerallarga taʼrif berish – 5 ta. Jamoalarga berilgan 3 ta togʻ jinslari va 2 ta minerallarni aniqlash va ularni ta’riflab berish uchun 12 daqiqa vaqt ajratildi va har bir to‘g‘ri javobga 2 ball berildi.

3-shart. Geologik xaritani bo‘yash va kesma shakllantirish. Jamoalarga berilgan geologik xarita davrlarga ajratilib bo‘yash va maydon boʻylab tashkil etilgan va shakllantirilgan marshrut boʻylab kesma olish uchun 20 daqiqa vaqt ajratildi va xaritani bo‘yash va kesma shakllantirish uchun 5  balldan berildi.

Natijalar “Umumiy geologiya” kafedrasi mudiri Ma’ruf Moyliyev boshchiligidagi professor-o‘qituvchilardan tuzilgan komissiya tomonidan baholandi. Saralash bosqichi yakuniga ko‘ra jamoalar quyidagi natijalarni qayd etdi:

  1. Adulyar (17,5 ball) – 1-o‘rin;
  2. Neftchi (14 ball) – 2-o‘rin;
  3. Aurum (13,5 ball) – 3-o‘rin;
  4. Vulkan – (13 ball) – 4-o‘rin;
  5. Everest – (10 ball) – 5-o‘rin;
  6. Planeta – (10 ball) – 5-o‘rin;
  7. Georu – (9,5 ball) – 6-o‘rin;
  8. Alfa – (8,5 ball) – 7-o‘rin.

Bellashuvda yuqori natijaga erishgan 4 ta jamoalar “Geologlar kuni” munosabati bilan o‘tkaziladigan Universitetlararo musobaqaga tayyorgarlik ko‘rish uchun saralab olindi. “Bilimlar bellashuvi” musobaqasiga tayyorgarlik ishlari davom ettiriladi.

//