Телефон
+998 (71) 256-13-49
Эл. адрес
info@uzgeouniver.uz
        
Карта сайта
Увеличить на0%

Новости

Geologiya fanlari universitetida joriy yilning 21-mart kuni Navro‘z umumxalq bayrami hamda Ramazoni sharif munosabati bilan rektor Maqsud Isoqov boshchiligida talabalar uchun iftorlik dasturxoni yozildi.

22.03.2024 / 09:03
245

 

Geologiya fanlari universitetida joriy yilning 21-mart kuni Navro‘z umumxalq bayrami hamda Ramazoni sharif munosabati bilan rektor Maqsud Isoqov boshchiligida talabalar uchun iftorlik dasturxoni yozildi.

Mehmon sifatida tashrif buyurgan Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti katta ilmiy xodimi, dotsent, manbaashunos, islomshunos Hamidulla Lutfullayev Ramazon oyi nafaqat ibodat, balki hayru saxovat, insonlar oʻrtasida mehr-oqibat rishtalarini mustahkamlovchi muborak oy ekanligini ta'kidlab o‘tdi.

Fayzli dasturxon atrofida kechgan suhbatlar jarayonida ushbu oyining fazilatlari haqida soʻz yuritildi. Yurtimizga tinchlik, oilalarimizga totuvlik, roʻzgʻorlarimizga baraka tilab duolar qilindi. Shunday ulug‘ kunlarda yangilanish, yasharish bayrami bo‘lmish Navro‘zi olamning nishonlanishi, qo‘shaloq bayram ekanligi nur ustiga a’lo nur bo‘ldi.

 

  

  

Мы рекомендуем

30.03.2023 / 10:03
Kiber jinoyat – davr muammosi

Ma’lumki dunyoda daqiqalar sayin rivojlanib borayotgan internet olami va axborot texnologiyalari taraqqiyoti qanchalik yumishimizni osonlashtiribgina qolishi bilan birga, zararli oqibatlari ham yonma-yon rivojlanmoqda.

30.12.2029 / 20:12
Tinch-osoyishta yurtga bayramlar yarashadi.

Geologiya fanlari universiteti Kasaba uyushmasi tomonidan universitetda faoliyat olib borayotgan barcha professor-o‘qituvchilar hamda xodimlarga yangi yil sovg‘alari ulashildi.

//