Телефон
+998 (71) 256-13-49
Эл. адрес
info@uzgeouniver.uz
        
Карта сайта
Увеличить на0%

Новости

Kiber jinoyat – davr muammosi

02.12.2022 / 12:12
1714

 

Geologiya fanlari universiteti talabalarning ilm olishlari bilan bir vaqtda ularning ma’naviy axloqi, yurish-turishi universitet rahbariyati va mas’ullarning diqqat markazida.

Xalqimizda: “Bir bolaga yetti mahalla ota-onadir!” degan naql bor.

Farzand tarbiyasi, uning komil inson bo‘lib yetishishi uchun unga nafaqat ota-ona, maktabgacha ta’lim, maktab, oliy ta’lim muassasasi, balki yon-atrof, mahallaning ham roli alohida ajralib turadi.

Geologiya fanlari universiteti talabalarning ilm olishlari bilan bir vaqtda ularning ma’naviy axloqi, yurish-turishi universitet rahbariyati va mas’ullarning diqqat markazida.

Bu borada ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, ichki ishlar organlari, hududning mahalla oqsoqollari bilan turli mavzudagi uchrashuvlar, davra suhbatlari o‘tkazilib kelinmoqda.

Joriy yilning 1 dekabr kuni Mirzo Ulug‘bek tumani “Olimlar” Mahalla fuqarolar yig‘ini faollari hamda profilaktika inspektorlari bilan hamkorlikda “Kiber jinoyatni oldini olish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda bugungi kunda dolzarb muammolardan biriga aylangan, kiber jinoyat – plastik kartalardan turli yo‘llar bilan pul o‘g‘irlanishi, tovlamachiliklar xususida mahalla profilaktika inspektorlari tomonidan batafsil ma’lumotlar berildi, talabalar ham xuddi shu kabi vaziyatlarga tushgan, guvohi bo‘lgan voqealarini so‘zlab berdi.

Yig‘ilishda talabalarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha, huquqiy javoblar berildi.

Мы рекомендуем

27.06.2023 / 18:06
24.05.2023 / 18:05
СОВМЕСТНАЯ ПРОГРАММА УГН-МГУ ИМЕНИ М.В.ЛОМОНОСОВА

Университет геологических наук (УГН) (Узбекистан, г. Ташкент) совместно с Московским государственным университетом имени М.В.Ломоносова (МГУ) готовит бакалавров по образовательной программе «Геология (Геофизика)».

07.09.2022 / 19:09
Геологические науки в университете ученики за следующий труд, работа справедливый организация Выполнено

2022 4 марта  Наш президент под председательством выше подготовка страны ученики занятость предоставлять , стабильный к обязанностям посвященный селектор видео встреча было проведено .

//