Телефон
+998 (71) 256-13-49
Эл. адрес
info@uzgeouniver.uz
        
Карта сайта
Увеличить на0%

Новости

Geologlar bilan uchrashuv

21.01.2023 / 16:01
2122

“Geologiya: Kecha va bugun.”  Talabalar uchun mazmunli uchrashuvlardan biri bo‘ldi!

Ma’lumki, Geologiya fanlari universitetida talabalarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida, turli intellektual o‘yinlar, shaxmat-shashka musobaqalari qatorida geologiya tizimida faoliyat olib borayotgan taniqli geolog olimlar, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi  tizimidagi ishlab chiqarish korxonalari, universitet tarkibidagi ilmiy tadqiqot institutlari rahbarlari, olimlar, ilmiy xodimlar bilan muntazam davra suhbatlari o‘tkazilib kelinmoqda.

Bunday tadbirlarni o‘tkazilishidan maqsad, talabalarning geologiya sohasiga qiziqishlarini orttirish, olgan nazariy bilimlarini, ko‘p yillik amaliy tajribaga ega bo‘lgan sohaning yetuk mutahasislari tajribalariga tayangan holda puxta bilim olishlarini ta’minlashdan iborat.

Shu maqsadda, joriy yilning 21-22 yanvar kunlari universitet hamda uning tarkibidagi ilmiy tadqiqot institutlari rahbarlari, olimlar, professor-o‘qituvchilar ishtirokida navbatdagi “Geologiya sohasida so‘nggi yillarda erishilgan innovatsion yutuqlar va yangiliklar” mavzusida seminar-treninglar o‘tkazish belgilangan.

Ushbu rejaga ko‘ra, bugun o‘tkazilgan tadbir H.M. Abdullaev nomidagi Geologiya va geofizika instituti direktori, geologiya-mineralogiya fanlari doktori A.Q.Nurxodjaev hamda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari,  ko‘p yillik xorijiy tajribaga ega, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi N.E.Shukurovlar ishtirokida tashkil etildi.

Tadbirni universitetning Neft va gaz konlari geologiyasi fakulteti dekani,  geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor P.S.Sultonov ochib berib, talabalarga bugungi tadbirga tashrif buyurgan olimlarni tanishtirdi va dastlabki so‘zni H.M. Abdullaev nomidagi Geologiya va geofizika instituti direktori, geolog olim A.Q.Nurxodjaevga berdi.

 Notiq Davlatimiz rahbari tomonidan keyingi yillarda geologiya sohasiga qaratilgan keng qamrovli e’tibor zamirida, Geologiya fanlari universitetining tashkil etilishi, maqsad va vazifalar xaqida gapirib yurtimiz iqtisodiyotining muhim bo‘g‘inlaridan biri bo‘lgan geologiya sohasi uchun yetuk, raqobatbardosh mutaxassislarini yetishtirish, geologiya tizimining oldiga qo‘ygan dolzarb vazifalardan biri ekanligi va buning uchun talabalardan tanlagan sohasini qo‘nt bilan o‘rganib, yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanish kerakligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Ma’ruzachi geologiya tarixi hamda geolog olim, akademik Habib Muhammedovich Abdullaevning ilmiy izlanishlari,  uning o‘zbek geologiyasi tarixda tutgan o‘rni haqida to‘xtalib, H.Abdullaev hayotini voqe hikoyalar asosida tasvirlab berdi hamda o‘zining ilmiy izlanishlari, erishgan yutuqlarini talabalar bilan o‘rtoqlashdi.

Shundan so‘ng, H.M. Abdullaev nomidagi Geologiya va geofizika instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari N.Shukurov talabalarni institut ilmiy xodimlari tomonidan olib borilayotgan innovatsion ilmiy tadqiqotlar va ularning samarali natijalari, sohaning eng so‘nggi yangiliklari bilan tanishtirdi. Shuningdek, geoekologiya tarmog‘ini rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha prezentatsion materiallar bilan ma’ruza qildi.

Ilmiy-ijodiy va ko‘taringi ruxda o‘tgan ushbu tadbirga yig‘ilgan  universitet talabalarning qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Tadbir so‘ngida eng qiziqarli, eng dolzarb bo‘lgan savollar bilan murojaat qilgan iqtidorli talabalarga “H.M.Abdullaevning ilmiy asarlarining o‘zbek tilidagi tarjimasi” kitobi, A.Nurxodjaev, N.Shukurovlar tomonidan nashrdan chiqarilgan ilmiy va ommabob adabiyotlar sovg‘a qilindi.

Uylaymizki, o‘tkaziladigan bu kabi tadbirlar talabalarda geologiya tarixi, bugungi kuni va kelajagini yorqin tasavvur etishlari hamda sohaga bo‘lgan qiziqishlarini yanada ortishiga muhim turtki bo‘lib xizmat qiladi.

//