Телефон
+998 (71) 256-13-49
Эл. адрес
info@uzgeouniver.uz
        
Карта сайта
Увеличить на0%

Новости

“TALABA XAVFSIZLIGI”

07.10.2022 / 10:10
1329

 

GEOLOGIYA FANLARI UNIVERSITETIDA “TALABA XAVFSIZLIGI OYLIGI MUNOSABATI BILAN DAVRA SUHBATI BO‘LIB O‘TDI

Mamlakatimizda yosh avlodni har tomonlama yetuk, salohiyatli qilib tarbiyalash, ularning hayotga mustaqil qadam qo‘yishlari uchun barcha zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Zero, mamlakat taraqqiyoti, uning kelajagi o‘sib kelayotgan yoshlarimiz qo‘lidadir.

O‘zbekiston Respublikasining yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy maqsadi ham yoshlarni to‘g‘ri tarbiyalashdan iboratki, jahondagi globallashuv jarayonlari, innovatsion jamiyatga bo‘lgan ehtiyoj, fan-texnika taraqqiyoti yoshlar uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratishi bilan bir qatorda, ularning oldiga tezkor qarorlar qabul qilish, innovatsion tafakkurni shakllantirish, intellektual salohiyatni oshirish kabi ko‘plab talablarni qo‘ymoqda.

Yurtimizda yoshlarga bo‘lgan e’tibor davlat ahamiyati darajasida ekan, maktabgacha ta’lim, maktab, oliy o‘quv yurtlarida yoshlarni to‘g‘ri shakllantirsh, ulardagi yot, buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi immunitetni mustahkamlash asosiy maqsadlarimizdan biri bo‘lmog‘i lozim.

Bugun Geologiya fanlari universitetida “Talaba xavfsizli” oyligi munosabati bilan universitet rektori maslahatchisi A. Samandarov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor M.Xaydarov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi boshlig‘i Sh. Mamadjanov, birinchi bo‘lim boshlig‘i E. Imomov, Toshkent shahar M. Ulug‘bek tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi, narkomaniya va giyohvandlikka qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik U.Abdurahmonov, yoshlar ittifoqi yetakchisi M.Mirakbarovlar ishtirokida talabalar bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni universitet prorektori M. Xaydarov ochib, bugungi kundagi globallashuv jarayonida, mamlakatimizda yosh avlodni to‘g‘ri tarbiyalash hamda ma’naviy-axloqiy, jismonan yetuk qilib o‘stirish davlatimiz siyosatining ustuvor vazifalaridan biri ekanligini, yoshlarni turli yot g‘oyalar ta’siriga tushmasliklari, o‘zlarining fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lishga chaqirdi.

Toshkent shahar M. Ulug‘bek tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi, narkomaniya va giyohvandlikka qarshi kurashish bo‘limi xodimi, podpolkovnik U. Abdurahmonov bugungi kunda sodir etilayotgan jinoyatlarning aksariyat qismi ijtimoiy tarmoqlar, turli saytlar orqali amalga oshirilayotganligini ta’kidlab, xizmat vazifalarida guvohi bo‘lgan, yoshlar o‘rtasidagi jinoyatlar, mudhish hodisalar to‘g‘risida to‘xtalib, kommunikatsiya va informatsion texnologiyalarning tez sur’atlardagi taraqqiyoti g‘oyaviy ta’sir o‘tkazish imkoniyatlarining kengayishiga turtki bo‘libgina qolmay, inson qalbi va ongi uchun kurashlarning yangidan-yangi usul va vositalarining ko‘payib borayotgani, ayniqsa, bu borada din omilidan foydalanishga urinishayotganliklari haqida alohida ta’kidlab o‘tdi. Ekstremistik oqimlar o‘z safiga yangi shaxslarni jalb etishda internet va ijtimoiy tarmoqlardan keng foydalanayotganliklari, bunda asossiz g‘oyalar, turli oqimlar ta’siriga tushib qolmasliklarini tavsiya etdi.

Tadbirga yig‘ilgan talabalarni qiziqtirgan savollarga mutaxassis tomonidan atroflicha javoblar berildi.

Мы рекомендуем

30.04.2021 / 14:05
Отборочный тур Олимпиады по финансовой грамотности

👉🏻 Олимпиада по финансовой грамотности для студентов 1-3 курсов высших учебных заведений

 

24.01.2022 / 09:01
Диққат танлов!!!

"Геология фанлари университети талабаларининг геология соҳасида илмий фаолиятини қўллаб-қувватлаш ҳамда илмий изланишларини тарғиб қилиш мақсадида университет талабалари учун «Энг яхши илмий мақола» номли мақолалар танлови эълон қилинади. ..."

//