Телефон
+998 (71) 256-13-49
Эл. адрес
info@uzgeouniver.uz
        
Карта сайта
Увеличить на0%

Новости

"Kosmik monitoring va geoaxborot texnoolgiyalar" markazi davlat unitar korxonasi xodimlari bilan uchrashuv

23.09.2022 / 16:09
1807

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi "O‘zbekkosmos" agentligining  Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar tizimidagi "kosmik monitoring va geoaxborot texnoolgiyalar" markazi  davlat unitar korxonasi DUK xodimlari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

23 sentyabr kuni Geologiya fanlari universitetida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi "O‘zbekkosmos" agentligining  Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar tizimidagi "kosmik monitoring va geoaxborot texnoolgiyalar" markazi  davlat unitar korxonasi DUK xodimlari bilan "Yerni masofadan zondlash YeMZ va Geografik axborot tizimlari GAT texnologiyalari" magistratura mutaxassisligi talabalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuvda "O‘zbekkosmos" agentligiinng Inson resurslarini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Z.Tillabaev va Suv xo‘jaligi, ekologiya va geologiyada kosmik monitoring bo‘limi boshlig‘i B. Pirnazarovlar agentlikda olib borilayotgan ishlar, bajarilayotgan loyihalar va kelajakdagi rejalari to‘g‘risida ma’lumotlar berdi.

Hozirgi kunda markazda yerni masofadan zondlash, ma’lumotlarini  qayta ishlash va turli sohalar uchun qo‘llash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega malakali kadrlarga ehtiyoj yuqori ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Foydali qazilma konlari geologiyasi kafedrasi mudiri A.Asadov markaz bilan universitet o‘rtasida ilmiy yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni taklif etdi. YeMZ va GAT texnologiyalari mutaxassisligi talabalarining malakaviy amaliyotini agentlik markazida tashkil etish, shuning bilan birga magistrlar uchun ilmiy mavzular tanlashda va rahbarlik qilishda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish har tomonlama manfaatli ekanligini aytib o‘tdi.

Tomonlar kelajakda bu kabi uchrashuvlarni davom ettirish hamda universitetning magistr talabalarini ishga qabul qilish bo‘yicha o‘z takliflari bilan o‘rtoqlashdi.

Мы рекомендуем

04.10.2022 / 12:10
Талабалар диққатига!

📢Талабалар диққатига!

📣Ҳурматли талабалар!

📚Геология фанлари университети Илмий ишлар ва инновациялар бўлими кундузги таълимда таҳсил олаётган барча талабалар учун октябрь ойидан танловлар мавсумини эълон қилади!

 

12.11.2022 / 16:11
Geolog ayollar - nafosat timsoli

Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan joriy yilning 12-13 noyabr kunlari geologiya tarmog‘ida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida “Geolog ayollar - nafosat timsoli” shiori ostida “Gimnastrada” musobaqasi o‘tkazilishi belgilangan.

22.11.2021 / 17:11
Universitetim − mening faxrim

"...Moskva universiteti va Ural davlat konchilik  universitetlari bilan 2+2 formati dasturlar shartnomasini imzolashga muvaffaq bo‘ldi."

//