Телефон
+998 (71) 256-13-49
Эл. адрес
info@uzgeouniver.uz
        
Карта сайта
Увеличить на0%

Новости

“Eng yaxshi talaba” va “Yil talabasi” ko‘rik-tanlovining universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi.

09.11.2022 / 12:11
1140

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabrdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligiga ko‘maklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-57 son qarorining 13-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan tanlovda salohiyatini namoyish  istagida bo‘lgan 5  nafar imkoniyati cheklanga talaba yoshlar “Yil talabasi”  ko‘rik-tanlovida ishtirok etishdi.

“Eng yaxshi talaba”  ko‘rik-tanlovining universitet bosqichida ishchi guruhiga taqdim etilgan hujjatlar asosida  o'rganib chiqildi.

Hujjatlar to‘plami ishchi guruhi tomonidan Nizom asosiga ko‘ra ko‘rib chiqildi va 7 ta nominatsiya bo‘yicha universitet g‘oliblari aniqlandi. Tanlov “Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi”, “Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi” “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi”, “Yilning eng faol sportchi talabasi”, “Yilning eng faol ijodkor talabasi”, “Yilning eng faol tadbirkor talabasi” nominatsiyalari asosida o‘tkazildi. Jamiyatga, yetuk yosh, raqobatbardosh kadrlarni yetishtirib berish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, intellektual salohiyatini oshirish, oliy va professional o‘quv yurtlaridagi iqtidorli talabalarni aniqlash, ularning salohiyatini namoyish etishlariga imkoniyat yaratish,  yoshlar qalbida jamoatchilik, fidoyilik fazilatlarini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan tanlov so‘ngida ishchi guruhi tomonidan aniqlangan g‘oliblar munosib taqdirdanishdi va keyingi bosiqichlarga yo‘llanma olishdi.

//