Телефон
+998 (71) 256-13-49
Эл. адрес
info@uzgeouniver.uz
        
Карта сайта
Увеличить на0%

Новости

GEOLOGIYA FANLARI UNIVERSITETIDA “REKTOR KUBOGI” G‘OLIBLARI TAQDIRLANDI!

25.05.2023 / 09:05
1209

5 ta muhim tashabbus

Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida Geologiya fanlari universitetida turli xil tanlovlar, teatr jamoalari chiqishlari, sport musobaqalari kabi tadbirlar doimiy ravishda o‘tkazilib kelinmoqda.

Jumladan,  “Rektor kubogi” musobaqalari doirasidan sportning mini-futbol, voleybol, basketbol, shaxmat-shashka o‘yinlari shular jumlasidandir.

Joriy yil mavsumida ham talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan “Rektor kubogi” musobaqalari besh yuzdan ortiq talabalarni qamrab oldi.

Murosasiz o‘tgan o‘yinlarda mini-futbol bo‘yicha:

  • o‘rin. Neft-gaz konlari geologiyasi (o‘zbek guruhi 1-kurs)
  • o‘rin. Geologik tasvirlash, foydali qazilma konlarini izlash va qidirish (o‘zbek guruhi, 2- kurs),
  • o‘rin. Geologiya qidiruv ishlari texnikasi va texnologiyasi (o‘zbek guruhi 3- kurs).

 Voleybol bo‘yicha:

  • o‘rin. Neft-gaz konlari geologiyasi (o‘zbek guruhi 1-kurs)
  • o‘rin. Geologiya qidiruv ishlari texnikasi va texnologiyasi (o‘zbek guruhi 3- kurs).
  • o‘rin. Foydali qazilma konlarini izlash va qidirishni geofizik usullari (o‘zbek guruhi, 2- kurs)

Basketbol bo‘yicha:

  • o‘rin. Geologik tasvirlash, foydali qazilma konlarini izlash va qidirish (rus guruhi, 3-kurs)
  • o‘rin. Neft-gaz konlari geologiyasi (o‘zbek guruhi 1-kurs)
  • o‘rin. Neft-gaz konlari geofizikasi (rus guruhi, 1- kurs)

     

Ushbu o‘yinlar natijasi o‘laroq universitet rektori Maqsud Isoqov barcha ishtirokchilarni g‘oliblik bilan tabrikladi:

– Bugungi kunda muhtaram yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev tomonidan mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, yosh avlodning har jihatdan sog‘lom va barkamol insonlar bo‘lib ulg‘ayishi uchun barcha sharoitlar yaratib berilmoqda. Shu jumladan, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning ikkinchi yo‘nalishi bevosita jismoniy tarbiya va sportga qaratilganligida ham katta ma’no bor. Yoshlarimiz ta’lim olishlari bilan bir vaqtda jismoniy tarbiya bilan mashg‘ul bo‘lishi ularni nafaqat bilimli, balki jismonan yetuk insonlar bo‘lib yetishishlariga zamin yaratadi. Ajab emaski, kelajakda orangizdan nomdor sport yulduzlari, jahon va olimpiada chempionlari ham yetishib chiqishi shubhasiz. –  dedi rektor o‘z nutqida.

Ushbu sport musobaqalari tashkilotchilariga hamda yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishda  o‘z bilim va tajribalarini ishga solib, ularga ko‘mak berayotgan universitet tyutori, sport murabbiyi Sanjar Hamdamovga alohida minnatdorchilik bildirildi.

Shundan so‘ng “Rektor kubogi” sport musobaqalari g‘oliblariga esdalik sovg‘alar va kubok topshirildi.

Мы рекомендуем

31.08.2022 / 16:08
QABUL-2022 NATIJALARI

Geologiya fanlari universitetiga 2022-2023-o'quv yili uchun o'tkazilgan test sinovi natijalari e'lon qilindi!

28.06.2022 / 11:06
Международная научно-практическая конференция вызвала большой интерес специалистов более чем из 10 зарубежных стран.

Сегодня в Институте минеральных ресурсов (МИР) Университета геологических наук состоялась международная научно-практическая конференция «Актуальные вопросы в области геологии, инновационные методы прогнозирования, технологии добычи и переработки».

//