Телефон
+998 (71) 256-13-49
Эл. адрес
info@uzgeouniver.uz
        
Карта сайта
Увеличить на0%

Новости

Intellektual mulk va uning huquqiy asoslari

10.03.2023 / 18:03
2557

 

Adliya vazirligi bilan hamkorlikda vazirlik  huzuridagi Intellektual mulk markazining Ixtirolar va foydali modellar bo‘limi boshlig‘i Ikrom Abduqodirov ishtirokida “Ixtirolar va foydali modellarning huquqiy muhofazasi” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumki, 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish maqsadida: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  “Intellektual mulk ob’ektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori imzolanib unga ko‘ra intellektual mulk sohasini rivojlantirish mamlakatimizning jahon integratsiyasidagi asosiy omil ekanligidan kelib chiqib, intellektual mulk ob’ektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga doir qator chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.

Ushbu Qaror va chora-tadbirlarda berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida  joriy yilning 10 mart kuni Geologiya fanlari universitetida universitetning ilmiy tadqiqot institutlarida faoliyat olib borayotgan olimlar va ilmiy xodimlari uchun Adliya vazirligi bilan hamkorlikda vazirlik  huzuridagi Intellektual mulk markazining Ixtirolar va foydali modellar bo‘limi boshlig‘i Ikrom Abduqodirov ishtirokida Ixtirolar va foydali modellarning huquqiy muhofazasi mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda mutaxassis tomonidan Ixtiro va foydali model,
Talabnomani tayyorlash, Ish yuritish va ekspertiza jarayoni, Xorijda patentlash amaliyoti va patentlashga
oid mavzularda batafsil ma’lumotlar berildi.

Мы рекомендуем

15.11.2022 / 18:11
Germaniya litium instituti bilan memorandum imzolanadi

Xorijiy mutaxassislar bilan bo‘lgan uchrashuvda jahon sanoati uchun kerakli bo‘lgan litiy xom ashyosini qayta ishlash texnologiyalarini yaratish, hamkorlikda loyihalar ishlab chiqish kabi bir qator bajariladigan ishlar muhokama etildi.

//