Geologiya fanlari universitetida "I Bitiruvchilar forumi bo‘lib o‘tdi
Bitiruvchilar forumi 2023
Bugun 31 oktyabr kuni Geologiya fanlari universiteti katta majlislar zalida 2021-2020, 2022-2023 o‘quv yillarida universitetni tamomlagan bitiruvchilarga bag‘ishlangan “I Bitiruvchilar forumi” bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda 70 ga yaqin bitiruvchilar Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi mas’ul xodimlari Geologiya fanlari universitet rahbariyati hamda universitetning ilmiy tadqiqot institutlari direktorlari, professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar ishtirok etdi.
Forumni universitet rektori Maqsud Isoqov ochib, universitetda ilk marotaba o‘tkazilayotgan ushbu forum kelgusida amalga oshiriladigan bu kabi keng miqyosdagi tadbirlarga poydevor bo‘lishi, bunday tadbirlarni o‘tkazilishidan maqsad, universitet va bitiruvchilar hamda talabalar o‘rtasida o‘zaro ilmiy, amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat ekanligini ta’kidladi.
Shu bilan birga Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan Geologiya fanlari universiteti qisqa davr ichida respublikamizda faoliyat yuritayotgan nufuzli oliy ta’lim muassasalari orasida o‘qitishning zamonaviy usullari, o‘quv dasturlari, ilmiy-innovatsion ishlanmalari bilan munosib o‘rnini egallab borayotganligini alohida qayd etdi.
˗ Bugungi globallashuv jarayonida, rivojlangan davlatlar oliy ta’lim muassasalari, ilmiy tadqiqot institutlari, xorijiy ishlab chiqarish korxonalari bilan qator hamkorliklarni yo‘lga qo‘yganmiz, professor-o‘qituvchilarimiz muntazam tajriba almashib qaytmoqdalar. Bbundan ko‘zlangan maqsad, universitetda tahsil olayotgan yoshlarni har tomonlama bilimli, dunyo tajribalariga mos kadrlar bo‘lib yetishishlariga qaratilgan va buning uchun Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi rahbariyati, universitet ma’muriyati bor kuch-g‘ayratimizni safarbar etamiz, dedi rektor o‘z nutqida.
Tadbirda so‘zga chiqqan ilmiy-tadqiqot institutlar direktorlari bitiruvchilar orasida Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda vazirlik tizimidagi korxona va tashkilotlarda mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritayotganligini alohida e’tirof etib, ularning kelgusi ishlariga zafarlar tiladi.
Bitiruvchilardan so‘zga chiqqanlar faoliyati davomida erishgan yutuqlari, ilmiy izlanishlari natijalarini yig‘ilganlar bilan o‘rtoqlashdi va buning uchun vazirlik mutasaddilari, universitet rahbariyati hamda ustozlari, ilmiy rahbarlariga o‘z minnatdorchiligini bildirdilar.
Tadbirga taklif etilgan san’atkorlar ijrosidagi milliy kuy-qo‘shiqlar barchaga birdek manzur bo‘ldi.
Последние новости
КНИГА - САМЫЙ ВЕРНЫЙ СОРАТНИК
ОБЩЕОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ШКОЛЫ ОРГАНИЗОВАЛИ КРУГЛЫЙ СТОЛ
ПРОСВЕЩЕНИЕ ПРОТИВ НЕЗНАНИЯ – КРУГЛЫЙ СТОЛ УНИВЕРСИТЕТА ГЕОЛОГИЧЕСКИХ НАУК
Отборочный тур Олимпиады по финансовой грамотности
УНИВЕРСИТЕТ ГЕОЛОГИЧЕСКИХ НАУК ОБЪЯЛЯЕТ ПРИЁМ НА 2021-2022 УЧЕБНЫЙ ГОД
ILMIY VА INNOVАTSION FАOLIYAT BO‘YICHА NAVBATDAGI YUTUQLARIMIZ
Мы рекомендуем
Ватан — муқаддас
Ватан муқаддас, уни кўз қорачиғидек асраш ҳар бир инсоннинг шарафли бурчи, инсоний вазифасидир.
Албатта, мустақил Ўзбекистонимизнинг ҳарбий салоҳиятини янада мустаҳкамлаш, чегараларимиз дахлсизлигини қўриқлаш мард, жасур ўғлонларнинг юрт олдидаги шарифли вазифаси десак хато бўлмайди.👇
5 tashabbus
Начались вступительные испытания на совместную образовательную двухдипломную программу "1+1" Университета геологических наук (Узбекистан)-Томского государственного университета (Россия)» в виде олимпиады на платформе «МАГИСТР ТГУ"
2022-2023 o‘quv yilida Respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga xujjat topshirgan abiturientlarni o‘qishga qabul qilish tartibi.