Телефон
+998 (71) 256-13-49
Эл. адрес
info@uzgeouniver.uz
        
Карта сайта
Увеличить на0%

Новости

Bahor keldi seni so‘roqlab

02.03.2023 / 09:03
2369

 

Salqin saharlarda, bodom gulida
Binafsha labida, yerlarda bahor,
 Qushlarning parvozi, yellarning nozi,
  Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor…

Yurtimizda nafis bahorning ilk kuni o‘zbek xalqining sadoqat va vafo timsoli, betakror ijodkor, shoira Zulfiyaxonim tavalludi bilan boshlanadi.

Bugun respublikamizning barcha hududlarida adabiyot, she’riyat ixlosmandlari tomonidan shoira Zulfiya Isroilovaning(1915-1996)  108 yilligi keng nishonlanmoqda.

Geologiya fanlari universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy bo‘limi tomonidan Zulfiya tavalludiga bag‘ishlangan “Bahor keldi seni so‘roqlab” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi A. G‘ulomova ochib, o‘zbek she’riyatining otashnafas shoiralaridan biri, inson ruhiyatining kuychisi Zulfiyaxonimni bilmaydigan, uning biror she’rini yod olmagan inson kam topiladi. O‘z she’rlarida sadoqat va vafo, mehr-oqibat, bir so‘z bilan aytganda har bir insonning qalb kechinmalarini qog‘ozga ko‘chirgan, dillarga sirdosh sevimli shoiralarimizdan biri ekanligini e’tirof etdi.

Respublikamizda ta’lim, fan, adabiyot, madaniyat, san’at, sport va jamoatchilik faoliyatida alohida yutuqlarga erishgan iqtidorli qizlar uchun ta’sis etilgan Davlat mukofotiga aynan Zulfiyaxonim nomi berilganligi shoiraning o‘zbek adabiyotida tutgan o‘rni qanchalik beqiyos ekanligini bildilirib o‘tdi.

Shundan so‘ng universitet tyutori, Alisher Navoiy nomidagi til va adabiyot universiteti mustaqil izlanuchisi(PhD) N. Mamatjanova Zulfiya ijodi, faoliyati to‘g‘risida talabalarga batafsil ma’lumot berdi

Tadbir so‘ngida universitetning Yoshlar ittifoqining faol yoshlari tomonidan tayyorlangan Zulfiya Isroilovaning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan videolavha namoyish etildi, uning she’rlaridan namunalar o‘qildi.

Мы рекомендуем

21.07.2022 / 18:07

Республикамизнинг Олий таълим тизимида мутахассис кадрлар тайёрлашнинг Давлат таълим стандарти ва ўқув режаларида талабаларнинг назарий билим олишлари билан бир қаторда, амалий кўникмаларга эга бўлишлари, мустақил таълим билан шуғулланишларига алоҳида эътибор қаратилган.

23.09.2022 / 13:09
ТТЖ кенгаши раиси ва аъзолари ҳамда қават сардорлари иштирокида давра суҳбати/

Геология фандари университетида 2022 йил 23 сентябрь куни Талабалар турар жойининг ташаббускор ёшларидан ташкил топган ТТЖ кенгаши раиси ва аъзолари ҳамда қават сардорлари иштирокида давра суҳбати ташкил этилди

30.03.2022 / 17:03
АССАЛОМ НАВРЎЗ!

       Халқимизнинг қадимий тарихи, бой маданияти ва эзгу қадриятларини ўзида яққол мужассам этган, она табиат ва инсон руҳиятида юз берадиган яшариш, янгиланиш ва юксалишларни асрлар давомида тўла намоён қилиб келаётган Наврўзи олам энг ардоқли миллий байрамларимиздан бири ҳисобланади.

31.08.2022 / 17:08

 

“Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz”

Bugun Geologiya fanlari universitetida universitet hamda ilmiy tadqiqot institutlar jamoasi, professor-o‘qituvchilar, xodimlar ishtirokida 

//