Телефон
+998 (71) 256-13-49
Эл. адрес
info@uzgeouniver.uz
        
Карта сайта
Увеличить на0%

Новости

07.12.2022 / 20:12
1950

Tadbirda universitet prorektori tarix fanlari doktori, professor  M. Xaydarov ochib, barcha yig‘ilganlarni milliy bayramimiz bilan qutladi. Konstitutsiya, milliy davlatchiligimiz tarixini manbalar asosida ochib berdi.

Shundan so‘ng, universitet rektori M. Isoqov o‘z tabrigida ushbu sana munosabati bilan Davlatimiz rahbarining mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, mudofaa qudratini oshirish, davlatimiz sarhadlarining daxlsizligini ta’minlash, tinchlik va barqarorlikni, millatlararo do‘stlik va totuvlikni asrash, Yangi O‘zbekistonda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, inson huquqlari va erkinliklari, qadr-qimmati ulug‘lanadigan adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish, Asosiy Qonunimizning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini keng targ‘ib qilish, yosh avlodni qonunga hurmat, Vatanga mehr va sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga munosib hissa qo‘shib kelayotgan barcha soha vakillari qatorida Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tizimidagi tashkilotlar Geologiya fanlari universiteti ilmiy tadqiqot institutlari xodimlarining mehnatlarini munosib baholab, «O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi» esdalik nishoni bilan taqdirlanganligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Bayram munosabati bilan fidokorona va samarali mehnat faoliyati bilan o‘rnak ko‘rsatgan bir guruh professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqot institutlarning ilmiy xodimlari, mehnat jamoasi universitetning faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.

Tadbirga taklif etilgan mehmon adabiyotshunos olim Rahmon Qo‘chqor Temuriylar tarixi, mustaqillikka erishgan yillarimiz – Bayrog‘imiz, Gerbimiz, Madhiyamiz, Konstitutsiyamiz qabul qilingan yillar tarixini o‘zi guvoh bo‘lgan voqealar asosida so‘zlab berdi.

Konstitutsiya qabul qilingan kun munosabati bilan tashkil etilgan ushbu bayram barchaga birdek manzur bo‘ldi.

Мы рекомендуем

12.05.2023 / 13:05
“WORLD EDU-2023”

 Xalqaro ta'lim ko'rgazmasining ikkinchi kuni

26.08.2022 / 19:08
DIQQAT E’LON !

Geologiya fanlari universitetiga 2022-2023 o‘quv yili uchun sirtqi ikkinchi oliy taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha imtihon suhbatlari 29-avgust soat 10.00 da Geologiya fanlari universiteti  o‘quv binosining 1-qavati 104- xonasida boshlanadi.

12.10.2022 / 10:10
Научный семинар, посвященный 102-летию со дня рождения Обида Акромходжаева

 

Сегодня в Государственном институте геологии и разведки нефтяных и газовых месторождений Университета геологических наук отмечается 102-й день рождения Обида Муродовича Акромхожаева, геолога, академика Академии наук Узбекистана, ученого Узбекистана и Каракалпакстана, доктора геолого-минералогических наук. Состоялась республиканская научно-техническая конференция, посвященная юбилею.

//