Elektron manzil
info@uzgeouniver.uz
        
Sayt xaritasi
Kattalashtirish0%

Geologiya fanlari universiteti kuni

Geologiya fanlari universiteti kuni

So'rovnoma

Sayt dizayni sizga yoqdimi?

Geologiya fanlari universiteti kuni

   O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 2020 yil 30 oktabr kuni “Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish masalalari” muhokamasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida umuta’lim maktablar faoliyatini takomillashtirish, o‘qituvchilarning kasbiy va pedagogik mahoratini yanada oshirish, o‘quvchilarning ilm-fan va kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirish, ularning bilimlari va dunyoqarashini yanada oshirish maqsadida oliy ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash vazifalari belgilab berilgan edi.

    Shu munosabat bilan Geologiya fanlari universiteti poytaxt shahrimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 10 ta umumtalim maktablari bilan o‘zaro hamkorlik shartnomalari tuzildi. 2021 yil 8 yanvar kuni  Geologiya fanlari universiteti tomonidan Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 241-umumta’lim maktabida o‘quv-uslubiy seminar va mahorat darsi tashkil etildi. “Geologiya fanlari universiteti kuni” doirasida 10 ta maktab o‘qituvchilari o‘rtasida tashkil etilgan tadbirda Geologiya fanlari universiteti professor-o‘qituvchilari, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi umumta’lim maktablari matematika fani o‘qituvchilari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo‘mitasi mas’ul xodimlari, Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi va xalq ta’limi bo‘limi hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar. Asosiy maqsad – matematika fani o‘qituvchilariga uslubiy yordam ko‘rsatish, matematika fani o‘qituvchilari va universitet professor-o‘qituvchilari o‘rtasidagi o‘quv-uslubiy aloqalarni kengaytirish, o‘qituvchilarning ma’suliyatini oshirish, universitet va umumta’lim maktablari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirishdan iborat edi.

– “Geologiya fanlari universiteti kuni» deb nomlangan tadbirimiz 2 qismdan iborat bo‘ldi,– deydi universitet fundamental fanlar bo‘yicha prorektori Davlatboy Jumaboev.– Birinchi qismida o‘zaro hamkorligimizga bag‘ishlangan masalalarni, xususan matematikani o‘qitishdagi dolzarb masalalarni muhokama qildik. O‘zaro hamkorlikda yana nimalarni hisobga olsak boshlagan ishimiz tezroq samara berishi mumkinligi borasida o‘qituvchilarning fikrlari o‘rganildi. Zotan, davlatimiz rahbari alohida ta’kidlaganidek, «Yangi O‘zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi». Shu asnoda GFU Mirzo Ulug‘bek tumani xalq ta’limi bo‘limi bilan kelishilgan holda 10 ta maktab bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Bu borada dastlab har bir maktabda bo‘lib, maktablardagi ta’lim sharoitlarini o‘rgandik. Matablar rahbarlari va o‘qituvchilari bilan suhbatlashdik hamda hamkorlik yo‘nalishlarini, universitetimiz xususiyati va imkoniyatlarini hisobga olib, belgilab oldik. Chunonchi, 10 ta umumta’lim maktablari matematika o‘qituvchilariga metodik yordam berish (seminarlar, master-klasslar, birgalikda metodik qo‘llanmalar tayyorlash va boshqlar), matematika bo‘yicha GFU olimpiadalarini o‘tkazish (g‘oliblarini rag‘batlantirish, o‘quvchilarda matematikaga bo‘lgan qiziqishni oshirish), olimpiada orqali iqtidorli o‘quvchilarni saralash va ular bilan alohida shug‘ullanib respublika va xalqaro olimpiadalarga tayyorlash, yuqori sinf o‘quvchilarini kasbga yunaltirish bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish (“kasblar kuni”ni o‘tkazish, muvaffaqiyatga erishgan insonlar bilan uchrashuvlar va boshqalar). Hamkorlik yo‘nalishlarining dastlabki uchtasiga fundamental fanlar kafedrasi jalb etildi. Bu kafedra professor-o‘qituvchilari har dushanba kuni mazkur maktablarning matematika o‘qituvchilari bilan metodik ishlar olib borishadi. Shanba kunlari esa iqtidorli o‘quvchilar bilan shug‘ullanadi. Kasbga yo‘naltirish masalasida universitet tarkibidagi fakultetlar va ilmiy tadqiqot institutlari jalb etildi. Bu borada asosiy maqsadimiz hamkor maktablarda matematika ta’limining sifatini ko‘tarish hamda o‘quvchilarda geologiya sohasiga qiziqishlarini uyg‘otish, pirovardida, bitiruvchi sinf iqtidorli o‘quvchilarini GFUga o‘qishga jalb qilishdir.

     Tadbirning ikkinchi qismida Geologiya fanlari universiteti dotsenti Farhod Ibrohimov “To‘plamlar nazariyasi elementlari” mavzusida navbatdagi mahorat darsini o‘tkazdi. Unda tenglamalar, tengsizliklar, ularning sistemalari yechimlari to‘plamini topish, algebra va geometriyaning turli masalalarini yechishda to‘plamlar nazariyasi elementlaridan foydalanishga doir misol va masalalar yechimlari ko‘rsatildi va tahlil qilindi.

  O‘zaro samarali muloqot maydoniga aylangan tadbir doirasida umumta’lim maktablarining matematika fani o‘qituvchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob.

 dsd sdsdd

dssdd

GFU Axborot xizmati

//