Elektron manzil
info@uzgeouniver.uz
        
Sayt xaritasi
Kattalashtirish0%

Marketing va talabalar amaliyoti bo'limi

Marketing va talabalar amaliyoti bo'limi

So'rovnoma

Sayt dizayni sizga yoqdimi?

Marketing va talabalar amaliyoti bo'limi

Marketing, talabalarni bandligini taminlash va amaliyot   bo'limi

        Ta’lim xizmatlari bozorida universitetning faoliyat ko‘rsatishining aniq strategiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish uchun bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash va ularni ishga taqsimlash jarayonini is’temolchilar (ish beruvchilar) tomonidan bo‘lg‘usi mutaxassis shaxsiga qo‘yilgan talablarni bajarishga yo‘naltirish, hamda bu jarayonga rahbarlik qilish, reklama-axborotni rejalashtirish va uni olg‘a siljitish rag‘batini ta’minlash, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va joylashtirishni amalga oshirish hamda ta’lim xizmatlari ko‘rsatishga o‘z vaqtida tayyorgarlik ko‘rish, shartnomalar tuzishni tashkil qilish hamda nazoratga olishdan iborat.

Marketing, talabalarni bandligini taminlash va amaliyot  bo'limining vazifalari:

        Ta’lim xizmatlari bozorida marketing tadqiqotlarini uzluksiz amalga oshirib, ta’lim xizmatlariga qo‘yilgan, ya’ni bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha bitiruvchilarning kasbiy mahoratini (malakaviy sifatlarini) o‘rganish hamda ularning ish beruvchilar (iste’molchilar) talablariga muvofiqligini aniqlash.

Bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha bitiruvchilarga talab va takliflar nisbatini o‘z ichiga olgan holda ishga taqsimlash obyektlari–ta’lim xizmatlari iste’molchilari (ish beruvchi korxonalar, turli mulkchilik shakliga ega bo‘lgan tashkilotlar – davlat va maxalliy boshqaruv organlari, davlat va nodavlat tashkilotlari va x.k.) tuzilmasini baholash, geografik joylashishini aniqlash va guruhlash, potentsial imkoniyatlarini tashxis qilish orqali to‘liq ma’lumotlar bankini yaratish.

         Geologiya fanlari universiteti bitiruvchilarini ishga taqsimlash bo‘yicha komissiyasini tashkil etish, taqsimot komissiyasi tomonidan ish beruvchi muassasa, korxona va tashkilotlarning kadrlarga bo‘lgan real extiyojlariga muvofiq bitiruvchilarni ishga taqsimlash rejalarini (dastlabki, aniqlashgan) ishlab chiqish va yakuniy taqsimotni o‘tkazib, uning natijalari bo‘yicha bitiruvchilar shaxsiy taqsimot qaydnomasini tuzish xamda umumlashtirish.

      Ishga taqsimlangan va joylashgan bitiruvchilarning korxonalar va tashkilotlar kesimida ishga joylashuvi haqida to‘liq yakuniy ma’lumotlar bankini yaratish.

      Bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalariga rahbarlik hamda davlat unitary korxonalari(DUK) tarkibiga ish beruvchi (buyurtmachi) korxona va tashkilotlarning yuqori malakali mutaxassislarini jalb etish.

       Ish beruvchi korxona va tashkilotlar bilan kadrlar tayyorlash, ularni ishga joylashtirish, o‘quv-ilmiy-ishlab chiqarish markazlari (poligonlari, amaliyot bazalari) tashkil etish bo‘yicha asosnoma va takliflar tayyorlash hamda moddiy-texnik xamkorlikka oid shartnomalar tuzish, shuningdek ular bilan qata aloqalarni o‘rnatish.

       Talabalarning ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyoti bazalarini aniqlash maqsadida korxonalar, tashkilotlar va xususiy xo‘jaliklar bilan aloqalar o‘rnatish hamda shartnomalar tuzish, ish beruvchilar (iste’molchilar)ning bitiruvchilar haqidagi fikrlari (e’tirozlari, yosh mutaxassisning kamchiliklari, rad qilinishi sabablari) va ta’lim sifatini oshirishga oid takliflari asosida amaldagi ta’lim mazmuniga muayyan o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash.

          Bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha talabalarning kasbiy maxoratini oshirish va bitiruvchilarni ishga taqsimlash borasida oliy ta’lim muassasasining tegishli bo‘linmalari (turli ilmiy-uslubiy kengashlar, ilmiy, o‘quv-uslubiy bo‘linmalar, fakultetlar, kafedralar va x.k.) bilan xamkorlik qilish, ular tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar samaradorligini taxlil qilish va baxolashda ishtirok etish, umumiy marketing siyosatini amalga oshirishda barcha tegishli bo‘linmalar faoliyatini muvofiqlashtirish.

           Kadrlarga bo‘lgan real extiyojlar va bitiruvchilarni yakuniy ishga taqsimlash natijalari xaqidagi ma’lumotlarni taalluqli vazirlik (idora)ning maxsus komissiyasi xamda ish beruvchi muassasa, korxona va tashkilotlarga davriy ravishda taqdim etish, ishga taqsimlash jarayoni nazorat rejasining bajarilishi bo‘yicha Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga axborotlar taqdim etish.

           Bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha bitiruvchilarni ishga taqsimlashda yordamchi-vositachilik tuzilmalarini tanlash (xokimiyatlar, mexnat va axolini ijtimoiy ximoya qilish boshqarmalari (bo‘limlari), savdo-sanoat palatasi, agentliklar, ishonchli vakillar va x.k.) va ularning imkoniyatlaridan samarali foydalanish.

          Imzolangan shartnomalarga muvofiq ish beruvchilarni  belgilangan muddatlarda bitiruvchilar bilan ta’minlash maqsadida oliy ta’lim muassasasining barcha tegishli bo‘linmalari bilan talabalar qabuli va bitiruvchilarni ishga taqsimlash rejalarini muvofiqlashtirish.

         Universitetning tegishli bo‘linmalari (kengashlar, fakultetlar, kafedralar va x.k.) bilan xamkorlikda bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini davlat granti asosida bitiruvchilarning uch yil kafolatli ishlashi, shuningdek uch yillik majburiy ishlab berish shartini o‘tayotgan yosh mutaxassislarning kasbiy faoliyati, saviyasini oshirish borasidagi ishlar va ularning xizmat pog‘onalaridan ko‘tarilishiga ko‘maklashish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish.

         Bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha bitiruvchilarni ishga taqsimlash va joylashtirish, yosh mutaxassislarning mexnat faoliyati natijalari bo‘yicha oliy ta’lim muassasasining ichki hisobotini yuritish va tashkil etish, marketing, monitoring va bitiruvchilarni ishga joylashtirish bo‘limining yillik hisobotini tayyorlash.

Marketing, talabalarni bandligini ta’minlash va amaliyot bo‘limi boshlig‘i

 

 

Bo'lim boshlig'i: Muqimov Husan Axatovich

Qabul vaqti: Dushanba- Juma (10:00-18:00)

Email: muqimov.xusan@uzgeouniver.uz

tel: 71-2090859

 

//