Elektron manzil
info@uzgeouniver.uz
        
Sayt xaritasi
Kattalashtirish0%

So'rovnoma

Sayt dizayni sizga yoqdimi?

 

ISH BILAN TA'MINLASH VA YOSHLARNI O'QITISH -

DAVLATIMIZNING HOZIRGI DOLZARB VAZIFASI

 

            O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev 2020 yil 25 dekabrdagi “O‘zbekiston Yoshlar Forumi”dagi nutqi hamda 2020 yil 29 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi O‘zbekistonda yoshlar masalasi, aholining ijtimoiy holatiga tegishli muammolar birinchi galdagi masala ekanligini uktirib o‘tdilar.

            O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan yaxshilash to‘g‘risida” Qarorida oila, ta’lim tashkilotlari va mahallalarda ma’naviy tarbiyaning uzviyligini ta’minlash masalasi ko‘rsatib o‘tildi. Shu nuqtai nazardan geologiya fanlari universiteti o‘zlariga biriktirilgan Mirzo-Ulug‘bek tumanidagi mahallalar bilan yaqindan ish olib bordilar.

            2021 yil 13 aprelda davlatimiz rahbari sohaga tegishli mutaxassislar va oliy ta’lim vakillari bilan yoshlar masalasidagi dolzarb masalalar yuzasidan vedioselektor o‘tkazdilar. Ushbu yig‘ilishda yoshlar bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etishga alohida e’tibor qaratildi.

            Majlis davomida “Yoshlar daftari”, “Temir daftar”, “Ayollar maktabi” kabi ijtimoiy muxofazani kamrab oluvchi qaydnomadagi yoshlarga amaliy yordam masalasi ko‘rib chiqildi. Unda oliy ta’lim muassasalari bilan mahallalar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, uyushmagan yoshlar muammolari o‘rganish, ularni kasbga yo‘naltirish va ishga joylashtirish borasida aniq ma’lumotlar va natijalarga to‘xtalib o‘tildi. Shu munosabat bilan Geologiya fanlari universitetining prorektori t.f.d., prof. M.M.Haydarov, Neft va gaz konlari geologiyasi fakulteti dekani g.m.f.d. prof.P.Sultonov, Foydali kazilma konlari geologiyasi fakulteti dekani g.m.f.n. B.Urunov hamda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Sh.Mamatjonovlar Toshkent shahar Mirzo-Ulug‘bek tumanidagi “Sayram” va “Feruza” nomidagi mahallalariga tashrif buyurdilar.

            Ushbu mahallalar raislari bilan uchrashib, ularga Geologiya fanlari universiteti o‘quv bazasidan foydalanib, mahalla yoshlari uchun informatika va horijiy tillarni o‘qitishni tashkil etish hamda Davlat geologiya va mineral resurslari qo‘mitasiga qarashli korxonalardan ish o‘rinlari taklif qilindi. Ishlashni hoxlovchi yoshlar bilan qo‘shimcha uchrashuvlar o‘tkazishga universitet rahbariyati doimo tayyor ekanligi ma’lum qilindi.

//