Elektron manzil
info@uzgeouniver.uz
        
Sayt xaritasi
Kattalashtirish0%

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi

So'rovnoma

Sayt dizayni sizga yoqdimi?

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi

 Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi universitetda olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlarga boshchilik qilish, bo‘limga tegishli normativ hujjatlarda belgilangan ko‘rsatmalarni muvofiqlashtirish, bo‘limlar, jamoat ishlari va kafedralarning ma’naviy-ma’rifiy tajribalarini umumlashtirish, talaba-yoshlarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning ma’naviy dunyosini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni bajarish vazifalarini amalga oshiradi:

  • Bo‘lim universitet rektorining buyrug‘i asosida tuziladi;
  • Bo‘limning ishchi guruhi universitetning ushbu soha bo‘yicha yetakchi mutaxassislari;
  • O‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishda bo‘lim fakultet dekanlari va ularning o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari, kafedra hamda guruh rahbarlari bilan birgalikda ish olib boradi;
  • Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazining nizomi asosida ish olib boradi, joriy va kelajakdagi ish rejalariga asoslanib ish yuritadi.

Geologiya fanlari universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotning maqsad va vazifalari

-Boshlang‘ich tashkilotning asosiy maqsadi Universitetdagi yoshlarning ta’lim-tarbiya olishi uchun munosib sharoit yaratib berishga ko‘maklashish, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda har tomonlama barkamol shaxslar bo‘lib yetishiga munosib hissa qo‘shishdan iborat.

- Boshlang‘ich tashkilot o‘z oldiga quyidagi vazifalarni qo‘yadi:

- yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning ongiga milliy istiqlol g‘oyasi, milliy qadriyatlar, diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va oilaviy qadriyatlarni chuqur singdirish;

- yoshlarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida belgilangan fuqarolik huquq va burchlarini anglatish, ularga mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik va huquqiy islohotlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish;

- Toshkent kimyo-texnologiya instituti yoshlarining muammolari, ta’lim sifati, fanlarni o‘zlashtirish darajasi, davomati, darsliklar va kutubxonadan foydalanish darajasini o‘rganib borish, yoshlar murojaatlarini ko‘rib chiqish va hal etishda ko‘maklashish;

            - yoshlarning chuqur bilim olishi, chet tillarini o‘rganishi va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini puxta egallashi hamda ularni kasb-hunarga yo‘naltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

- iste’dodli yoshlarni kashf etish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish, intellektual va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga ko‘maklashadigan klub va to‘garaklar faoliyatini tashkil etish;

- imkoniyati cheklangan hamda maxsus ehtiyojli yoshlarning inklyuziv ta’lim olishi uchun qulay sharoit yaratishga qaratilgan ishlarni qo‘llab-quvvatlash;

- notinch oila farzandlari, tarbiyasi og‘ir va nosog‘lom muhitga tushib qolgan yoshlarning jamiyatga ijtimoiy moslashuvi hamda darslarni muntazam qoldirib kelayotgan talabalarni ta’lim jarayoniga qaytarish, qizlar o‘rtasida erta nikohlarning oldini olish bo‘yicha tizimli ishlar olib borish;

- yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olishga qaratilgan huquqiy-tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish;

- yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, ularning kitobga bo‘lgan muhabbatini oshirish va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish;

- yoshlarda “ommaviy madaniyat” niqobi ostidagi zararli illatlar, axborot xurujlari, diniy aqidaparastlik, missionerlik va ekstremistik g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish;

- Toshkent kimyo-texnologiya instituti yoshlari o‘rtasida yoshlar turizmini rivojlantirish, ularning o‘zlari yashayotgan hududdagi tarixiy obidalar, muqaddas qadamjolar, muzeylar, teatrlar, mustaqillik davrida barpo etilgan inshootlarga tashrifini uyushtirish;

- yoshlar, ayniqsa, qiz bolalar o‘rtasida sportni keng targ‘ib etish, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash va turli sport musobaqalarida ishtirok etishi uchun zarur sharoitlarni yaratib berish;

- yoshlarga tibbiy madaniyat, xususan, kasalliklardan himoyalanish yo‘llarini keng tushuntirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish;

- yoshlar o‘rtasida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni targ‘ib qilish orqali ularda ekologik madaniyatni yuksaltirish, ekologik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash.

 

Bo'lim boshlig'i: Altiboyev Sharafiddin Shopulatovich

Qabul: Dushanba-shanba, 14:00 - 17:00

Telefon: 71-2090658

e-mail:mamatjanovshuhrat71@gmail.com

 

Yoshlar ittifoqi yetakchisi: Mirakbarov Mirhomid Mirxaydar o‘g‘li

Qabul kunlari: Dushanba, juma 9:00-17:00

e-mail: Mirhomid1@mail.ru 

 

 

 

//