Test rejimi                 Тестовый режим                 Test mode Sayt xaritasi
Kattalashtirish0%

Banner
1 USD = 10650.06
0
1 EUR = 12497.85
0
1 RUB = 146.08
0

So'rovnoma

Sayt dizayni sizga yoqdimi?

Geologiya fanlari universiteti «Ichki nazorat va monitoring» bo`limi Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarning bajarilishi,  o`quv-ta`lim jarayonida me`yoriy hujjatlar va uslubiy ko`rsatmalarning ijro etilishini,  shuningdek,  universitet bo`yicha buyruqlar va qarorlarning o`z vaqtida bajarilishini nazorat qilish maqsadida tashkil etilgan. «Ichki nazorat va monitoring» bo`limi o`z faoliyatini O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi 2001 yil 29-avgust 207-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan «Oliy ta`lim ichki inspeksiya va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini ro`yobga chiqarishning monitoringi»ni amalga oshirish to`g`risidagi Nizom,  GFU Ustavi va bo`lim Nizomiga muvofiq amalga oshiradi.  Bo`lim universitetda Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini hayotga tadbiq etish monitoringini amalga oshiradi,  o`quv,  o`quv-uslubiy,  ma`naviy,  ma`rifiy va tarbiyaviy,  ilmiy-tadqiqot,  ijro etish intizomi,  kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash,  hay`at va ilmiy kengash qarorlari,  vazirlik,  agentlik va universitet bo`yicha buyruqlarning hamda ta`lim sohasidagi me`yoriy hujjatlarning bajarilishini nazorat qiladi.  Ichki nazorat va monitoring bo`limi o`z faoliyatida bevosita rektorga bo`ysunadi. 

 

Ichki nazorat va monitoring bo`limining asosiy vazifalari: 

 

  • universitetda O`zbekiston Respublikasining oliy ta`limga oid qonunlari,  vazirlikning Hay`at qarori,  buyruqlari va boshqa hujjatlarini,  shuningdek universitet ichki buyruqlari va qarorlarining bajarilish monitoringini olib borish 
  • universitet professor-o`qituvchilar va o`quv-yordamchi hodimlar tarkibi ichki inspeksiyasini tashkil qilish va o`tkazish
  • kadrlar tayyorlash sifati va ta`lim oluvchilarning yuksak tayyorgarlik darajasiga nisbatan qo`yiladigan zarur talablarni belgilab beruvchi davlat ta`lim standartlariga va boshqa me`yoriy hujjatlarga amal qilinish nazoratini va monitoringini olib borish 
  • universitetda ta`lim standartlarini joriy etish masalalari bo`yicha  fakultetlar,  kafedralar va boshqa tarkibiy bo`linmalarga amaliy va uslubiy yordam ko`rsatish 
  • universitetni boshqarish organlariga ta`lim jarayonini isloh qilish va takomillashtirish bo`yicha tahliliy materiallar va takliflar tayyorlash? 
  • universitet bo`yicha buyruqlar ijrosi nazoratini olib borish 
  • universitetning o`quv jarayonini tahlil qilish asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo`yicha bo`linmalarga amaliy va uslubiy yordam ko`rsatish
  • professor-o`qituvchilar faoliyatini baholashning reyting usullarini tadbiq etilishini amalga oshirishda ishtirok etish. 
  • kamchiliklar va muammolarni bartaraf va xal qilish bo`yicha aniq takliflarni universitet rahbariga taqdim etish. 
  • universitet va unga tegishli ta`lim muassasalarida (institutlar va boshqalar) ta`lim standartlariga hamda ta`limga oid me`yoriy hujjatlarga amal qilinishini tekshirish
  • universitetda va unga tegishli ta`lim muassasalarida bo`ladigan barcha turdagi kengash ishlarida ishtirok etish 
  • o`quv yurti faoliyati bo`yicha filiallar,  fakultetlar,  kafedralar va boshqa tarkibiy bo`linmalardan o`z hizmat vazifalarini bajarish uchun kerakli hujjatlarni talab qilish va masalaga oid mutaxassislarni jalb qilish 
  • kurs loyixasi (ishlari)ni,  bitiruv malakaviy ishlarni hamda magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish,  davlat atestatsiyalarining o`tkazilishini hamda barcha turdagi nazariy va amaliy mashg`ulotlarni ko`rib chiqish
  • o`z huquqi doirasidagi masalalarni joylarda o`rganish uchun belgilangan tartibda universitetning malakaviy professor-o`qituvchilari va xodimlarni jalb qilgan holda guruhlar tuzish.