Test rejimi                 Тестовый режим                 Test mode Sayt xaritasi
Kattalashtirish0%

Yangiliklar

Ham ziyorat, ham sayohat

08.09.2021 / 16:09
273

Mustaqilligimizning o‘ttiz yilligi arafasida eʼlon qilingan dam olish kunlari munosabati bilan Geologiya fanlari universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari va xodimlari universitet kasaba uyushmasi tashabbusi bilan 3 kunga mamlakatimizning qadimiy go‘shalaridan bir – 3000 yillik tarixga ega Samarqandga sayohat uyushtirishdi.

- Resbulikamizning har bir viloyati o‘ziga xos tarixiga va tarixiy obidalari,  meʼmoriy yodgorliklariga, bir so‘z bilan aytganda sayyohlar tashrif buyurishga arzirli ziyoratgohlarga ega. Bugun biz hamkasblarimiz bilan Samarqandga tashrif buyurdik, Xoja Ahror Valiy majmuasi, Sherdor madrasasi, Tillaqori madrasasi, Shohizinda ansambli, Bibixonim maqbarasi, Amir Temur maqbarasi, Go‘ri Amir maqbarasi, Ulug‘bek madrasasi va rasadxonasi, yana bir qancha qadamjolarni ziyorat qildik. Yangi o‘quv yili oldidan bunday sayohatlar hamkasblarimiz ruhiyatini ko‘tarib, ajdodlarimiz bosib o‘tgan yo‘llar, ularning tarixi bilan yana bir bor tanishdik. Keyingi sayohatlarimizni ko‘hna Xorazm va Buxoroga rejalashtirganmiz deydi Geologiya fanlari universiteti kasaba uyushmasi boshlig‘i Nazokat Mirgaziyeva.

 

 

 

 

 

Tavsiya etamiz

01.11.2020 / 11:11
Yer osti suvlaridan noqonuniy foydalanish yuzasidan profilaktik-nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda

Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan 2020 yil 4 mayda tasdiqlangan “Geologiya sohasida Davlat xizmatlarini ko‘rsatilishini yanada takomillashtirish, yer qa’ridan foydalanuvchilarning monitoringini olib borish va ular bilan uchrashuvlar tashkil qilish hamda ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish bo‘yicha Yo‘l xaritasi” ijrosini ta’minlash maqsadida Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish Farg‘ona mintaqaviy inspektsiyasi mutaxassislari tomonidan Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlari bo‘ylab yer osti suvlaridan noqonuniy foydalanish va suvga quduqlarni noqonuniy burg‘ilash ishlarini oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlar amalga oshirildi.

18.05.2021 / 15:05
Matnli masalalarni yechish usullari

Prezidentimiz raisligida mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish masalalari muhokamasiga bag‘ishlab 2020 yil 30 oktabrda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Oliy taʼlim muassasalari qatorida Geologiya fanlari universiteti ham tizimli ishlarni amalga oshirmoqda.

01.11.2020 / 11:11
Rahbar va yoshlar uchrashuvi o'tkazildi

Joriy yilning 14-18 sentyabr kunlari Davlat geologiya qo‘mitasi tizimidagi “GIDROINGEO instituti” DKda institutda faoliyat olib borayotgan yosh mutaxassislarning ilmiy-tadqiqot ishlari va mustaqil izlanishlari bilan batafsil tanishish maqsadida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi.

05.08.2021 / 10:08
“Sayram” MFY da huquqiy savodxonlik targ’ibotlari

“Sayram” MFY da huquqiy savodxonlik targ’ibotlari