Test rejimi                 Тестовый режим                 Test mode Sayt xaritasi
Kattalashtirish0%

Yangiliklar

ILMIY VА INNOVАTSION FАOLIYAT BO‘YICHА MUVАFFАQIYAT

31.08.2021 / 16:09
195

ILMIY VА INNOVАTSION FАOLIYAT BOYICHА MUVАFFАQIYAT

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 1 apreldagi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan 2020-2021 oʼquv yili yakuni boʼyicha jami 85 ta oliy taʼlim muassasalari rahbarlarining ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʼyicha oʼrinbosarlari (prorektorlar) faoliyatini o‘rganish natijalari eʼlon qilindi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra Geologiya fanlari universitetining Ilmiy ishlar, innovatsiyalar va moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori Isoqov Maqsud Uzoqovich eng yuqori koʼrsatkichga ega 10 ta rahbar o‘rinbosarlaridan biri deb eʼtirof etildi.

Ma’lumot uchun, oliy taʼlim muassasalari rahbarlarining ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʼyicha oʼrinbosarlari (prorektorlar) faoliyatini o‘rganish test savollari (100 ballik),  suhbat (100 ballik) shaklida o‘rganilgan.

Tavsiya etamiz

17.09.2021 / 12:09
Inson salomatligi barcha neʼmatlardan ustun

Dunyoning global muammosi bo‘lgan koronavirusning (COVID 19) oldini olish, undan himoyalanish – karantin qoidalariga rioya etish bugungi kunda muhim vazifalarimizdan biri sanaladi. Ayniqsa umumiy transport vositalarida, ishxona, oliy taʼlim muassasalarida bir so‘z bilan aytganda jamoat gavjum bo‘ladigan joylarda gigiyenik qoidalarga jiddiy e’tibor qaratish nafaqat o‘zimizni balki atrofimizdagilarning ham salomatligini asragan bo‘lamiz.

23.01.2021 / 10:01
Toshkent telekanalida jonli efir

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining "Toshkent" telekanalida joriy yilning  23 yanvar kuni Geologiya fanlari Universiteti hamda “Mineral resurslar instituti” DM faoliyatiga bag‘ishlangan  teleko‘rsatuv efirga uzatildi.

01.11.2020 / 11:11
Orolbo‘yi mintaqasida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda

Orolbo‘yi mintaqasida ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni, aholining yashash sharoitlarini yaxshilashga, Orol dengizining ekologik falokati oqibatlarini yumshatish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.