Телефон
+998 (71) 256-13-49
Эл. адрес
info@uzgeouniver.uz
        
Карта сайта
Увеличить на0%

BUXGALTERIYA

BUXGALTERIYA

Опросник

Понравился дизайн сайта?

BUXGALTERIYA

 

Umumiy qoidalar

1.1. Buxgalteriya faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konsitutsiyasi, qonunlari, jumladan, “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonuni, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 22-dekabrdagi 2169-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining farmoyishlari va buyruqlari, Hay’atining qarorlari, Universitet ustavi, shuningdek Buxgalteriya Nizom amal qiladi.

1.2. Buxgalteriya to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliya-iqtisodiyot ishlari bo‘yiicha prorektorga hamda rektorga bo‘ysunadi.

1.3. Buxgalteriya xodimlari amaldagi mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda lavozimlarga tayinlanadi va lavozimlardan ozod qilinadi.

1.4. Buxgalteriya o‘z vazifalarini bajarish uchun unga tayinlangan mulk, binolar, jihozlar, shuningdek tashkiliy ishlar va boshqa jihozlardan foydalanadi.

Buxgalteriyaning asosiy vazifalari

2.1. Buxgalteriya hisobi va hisobotlarini me’yoriy-huquqiy hujjatlarga amal qilgan holda yuritadi, shuningdek, hisob ishlarini zamonaviy texnik vositalar va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tashkil etishish.

2.2. Buxgalteriya hujjatlarini o‘z vaktida va to‘g‘ri rasmiylashtirilishini hamda amalga oshirilayotgan operatsiyalarning qonuniyligini oldindan nazorat qilish.

2.3. Budjet mablag‘larini, shuningdek, budjetdan tashkari mablag‘larni xarajatlar smetasida ko‘zda tutilgan muayyan maqsadlarga to‘g‘ri sarflanishi, shuningdek, pul mablag‘lari va moddiy qimmatliklarning butligi ustidan muntazam nazorat qilish.

2.4. Tizimiga kiruvchi tashkilotlarda buxgalteriya hisobini qonunchilik talablariga muvofiq yuritilishini nazorat qilish.

2.5. Universitetda xodimlarning ish haqlarini va unga tenglashtirilgan to‘lovlarini, shuningdek, talabalarning stipendiyalarini belgilangan tartibda hamda o‘z vaqtida hisoblash hada to‘lab berish.

2.6. Smeta ijrosi jarayonida vujudga keladigan yuridik va jismoniy shaxslar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarni o‘z vaqtida amalga oshirish.

2.7. Moddiy boyliklar va pul mablag’lari, shuningdek, boshqa aktivlarni va majburiyatlarni inventarizatsiya tashkil etish, inventarizatsiya natijalarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirish hamda ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish.

2.8. Moddiy javobgar shaxslarga ularning javobgarligida turgan moddiy qimmatliklarning butligini saqlash va hisobini olib borish yuzasidan tushuntirish ishlarini o‘tkazish va nazorat qilish.

2.9. Moliyaviy, soliq hisobotlarni belgilangan muddatlarda tuzish va topshirish.

2.10. Asosiy vositalar hamda boshqa moddiy qimmatliklarni ularning saqlanish va foydalanish joylarida butligini muntazam nazorat qilish.

2.11. Talabalarga maxsus dasturiy ta’minot orqali shartnoma berish, pul tushumini nazorat qilish va tegishli xodimlarga ma’lumot berish.

2.12. Buxgalteriya hujjatlarini, hisob registrlarini, saqlanishini ta’minlash.

2.13. Buxgalteriyaga tegishli qonunchilikda belgilangan boshqa vazifalarni amalga oshiradi.

Buxgalteriyaning huquqlari

3.1. Buxgalteriya hisobi va nazorat ishlari to‘g‘ri tashkil etilishini ta’minlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ko‘rishni universitet rahbariyatidan talab qilish.

3.2. Tarkibiy bo‘linmalarda pul mablag‘lari, tovar-moddiy va boshqa qimmatliklarni qabul qilish, saqlash hamda sarflash yuzasidan belgilangan tartibga amal qilinishini tekshirib turish.

3.3. Mukofotlar hajmlarini pasaytirish (agarda qonunchilikda belgilangan normalardan oshib ketgan bo‘lsa) to‘g‘risida tashkilot rahbariga takliflar kiritish.

3.4. Universitetning barcha bo‘linmalaridan buxgalteriya hisobini yuritish uchun talab qilinadigan hujjatlar va ma’lumotlarni o‘z vaqtida rasmiylashtirishni hamda buxgalteriyaga taqdim qilishni talab qilish.

3.5. Bosh buxgalterning buxgalteriya hisobi va hisobotlarini yuritishi uchun talab qilinadigan hujjatlar va ma’lumotlarni rasmiylashtirish va buxgalteriyaga taqdim qilishga doir talablarini o‘z vaqtida bajarishga tashkilotning barcha xodimlari majbur.

3.6. Buxgalteriyaga tegishli qonunchilikda belgilangan boshqa huquqlarni amalga oshiradi.

Buxgalteriyaning majburiyatlari

4.1. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq universitetning kalendar yiliga mo‘ljallangan xarajatlar smetasini hamda byudjetdan tashqari mablag‘lar daromadlari va xarajatlarini belgilangan tartibda amalga oshirish.

4.2. Universitetda xarajatlar smetasi doirasida mablag‘lar sarfini nazorat qilish.

4.3. O‘rnatilgan tartibda hamda muddatda moliyaviy, soliq hisobotlarni taqdim etilish.

4.4. Buxgalteriyaga tegishli qonunchilikda belgilangan boshqa majburiyatlarni amalga oshiradi.

Buxgalteriyaning javobgarligi

5.1. Buxgalteriya hisobi noto‘g‘ri yuritilib, natijada tartibsiz holatga kelgani va moliyaviy hisobot buzilishiga (noto‘g‘ri tuzilganda).

5.2. Pul mablag‘lari, tovar-moddiy va boshqa qimmatliklarni kirim qilish, saqlash va sarflash yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibga zid operatsiyalar bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilgan va ijroga qabul qilingan hollarda.

5.3. Pul mablag‘lari bo‘yicha operatsiyalar, shuningdek, debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar kechikishi hamda noto‘g‘ri amalga oshirilishiga.

5.4. Kamomadlar, debitorlik qarzlari va boshqa yo‘qotishlarni buxgalteriya hisobidan chiqarilish tartibi buzilganda.

5.5. Buxgalteriya hisobini tashkil etishga doir boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablari buzilganda.

Bosh buxgalter

Aliyev Sherbek G‘ofur o‘g‘li

 Qabul vaqti: Seshanba – Juma (14:00-16:00)

 Telefon: 71 209 07 84 

 Email:

Bosh buxgalter o'rinbosari

 

Raxmatullayev Feruz Yusup o‘g‘li

 Qabul vaqti: Dushanba Payshanba
 16:00-18:00

 Telefon: 71 209 08 34 

 Email:

Yetakchi buxgalter

 

Iskandarova Robiya Baxtiyor qizi

 Qabul vaqti: Dushanba – Juma (10:00-12:00)

 Telefon: 71 209 08 47 

 Email:

Yetakchi buxgalter

 

Xalikova Nazokat Rustamjonovna

 Qabul vaqti: Seshanba – Juma (14:00-16:00)

 Telefon: 71 209 08 47 

 Email:

1-toifali ta'minot agenti

 

Raimqulov Xamidjon Abdurashit o‘g‘li

Qabul vaqti: Dushanba-Payshanba (10:00-12:00)
 Telefon: 71 209 08 34 

 Email:

 

//