Test rejimi                 Тестовый режим                 Test mode Карта сайта
Увеличить на0%

Новости

Geologiya fanlari universiteti yangi o‘quv yiliga tayyormi?

18.08.2021 / 13:08
414

Geologiya fanlari universiteti davlatimiz rahbarining 2020 yil 8 iyundagi

Geologiya fanlari universiteti davlatimiz rahbarining 2020 yil 8 iyundagi «Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tizimida Geologiya fanlari universiteti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, Geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tasarrufida tashkil etilgan edi.

Hozirgi kunda universitetda 6 ta ta’lim yo‘nalishi (bakalavriat) va 4 ta mutaxassislik (magistratura) bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.

Shu bilan bir qatorda yo‘nalish va mutaxassisliklar miqdorini soha ehtiyojlariga qarab kengaytirib borish ko‘zda tutilgan.

Ayni kunlarda universitet yangi o‘quv yiliga qanday tayyorgarlik ko‘rmoqda? Yosh geologlarga saboq berish uchun qanday yangi mexanizmlar yaratildi? Bu kabi savollar bilan Geologiya fanlari universiteti matbuot kotibi Rasuljon Nafasovga yuzlandik.

– Universitetimiz Davlat geologiya qo‘mitasi, tog‘-kon sanoati korxonalari va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari uchun geologiya yo‘nalishidagi malakali kadrlar tayyorlash hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bo‘yicha ixtisoslashgan oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi,–dedi Rasuljon Nafasov. –H.M.Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti, Mineral resurslar instituti, Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti, Neft-gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti, Geologiya sohasi kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti hamda Davlat geologiya muzeyi universitet tarkibiga kiritilgan.

2020-2021 o‘quv yilida 6 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 233 nafar, 4 ta magistratura mutaxassisligiga 92 nafar, jami 325 nafar talaba o‘qishga qabul qilingan.

O‘quv jarayonini tashkil etish uchun 10 ta malaka talablari, 10 ta o‘quv reja va 244 ta fan dasturlari ishlab chiqilib, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyrug‘i bilan tasdiqlandi. O‘quv reja va fan dasturlari xorijning ilg‘or universitetlari, shu jumladan, Sankt-Peterburg konchilik universiteti tajribalariga tayangan holda ishlab chiqildi.

Universitet tarkibidagi ilmiy-tadqiqot institutlari, O‘zbekiston Milliy universiteti va Toshkent davlat texnika universitetining eng tajribali 50 ga yaqin professor-o‘qituvchisi (22,5 shtat birligida) o‘quv jarayoniga jalb etilgan.

Viloyatlardan kelgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan talabalar uchun universitet tarkibidagi Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazi yotoqxonasi qayta jihozlanib, 76 nafar talaba joylashtirildi.

Bu yil 2021-2022 o‘quv yili uchun bakalavriatura bosqichiga 6 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 200 nafar talaba (kunduzgi) va 2 ta  ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 50 nafar talaba (sirtqi) hamda magistratura bosqichiga 40 nafar talaba qabul qilish rejalashtirilgan. 2021-2022 o‘quv yili uchun jami 1562 nafar abituriyent 1-OTM sifatida Geologiya fanlari universitetini tanlagan.Shundan kunduzgi ta’lim shaklida 625 nafar (500 ta o‘zbek tili va 125 ta rus tili), sirtqi ta’lim shaklida 937 nafar (643 ta o‘zbek tili va 294 ta rus tili) abituriyent bor.

Geologiya fanlari universiteti magistratura bosqichiga o‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 113 ta va rus tili ta’lim yo‘nalishiga 18 ta hujjat kelib tushgan.

Karantin sharoitidan kelib chiqqan holda bakalavr yo‘nalishi bo‘yicha abituriyentlarimiz Respublika Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Davlat test markazi, mutasaddi tashkilotlar tomonidan hozirlangan ochiq maydonlarda test sinovlarini topshirishdi. Magistrlar imtihon topshirishlari uchun esa universitetning vaqtincha foydalanish binosida barcha sharoit yaratilgan xonalar hozirlab qo‘yilgan.

Universitet va ilmiy-tekshirish institutlari binolari qurilishi  mustaqilligimizning 30 yilligi arafasida yakunlanishi kutilmoqda.

Qulayliklari hech bir mehmonxonadan qolishmaydigan 400 ga yaqin o‘rinli talabalar yotoqxonasi, umumiy miqdori 1048 o‘rinli auditoriya, 310 o‘rinli oshxona hamda 142 o‘rinli professor-o‘qituvchilar xonalarining 2020 yil fevral oyida qurilishi boshlanib, 2021-2022 o‘quv yilida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Qurilishi yakunlanayotgan mazkur  muassasa ta’lim va ilm-fan klasteri shaklida bo‘lib, unda geologiya sohasining yetakchi ilmiy-tadqiqot institutlarining moddiy-texnik bazasi va ilmiy kadrlar salohiyati birlashtiriladi va muassasa eng ilg‘or uskunalar bilan jihozlanadi.

Xulosa qilib aytganda, universitet talabalarining puxta bilim olishlari uchun barcha shart-sharoit hozirlanmoqda. Davlat test imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan talabalar geologiya sohasining ilmiy va amaliy integratsiyasi jamlangan sharoitda bilim olib, kelajakda sohaning ilg‘or egalaridan bo‘lib yetishishi uchun barcha imkoniyat yaratilmoqda.

O‘zA muxbiri Gulnoza Boboyeva yozib oldi.

Мы рекомендуем

07.04.2021 / 11:04
ОБЩЕОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ШКОЛЫ ОРГАНИЗОВАЛИ КРУГЛЫЙ СТОЛ

Как много нужно и важно узнать в этом мире, стремиться к знаниям, прогрессу развития своей личности, делиться знаниями с окружающими – все эти и другие темы обсуждались за организованным 7 апреля руководством средних школ №№27 и 207 Мирзо-Улугбекского района совместно с Университетом геологических наук Круглым столом.

 

01.11.2020 / 15:11
Онлайн-конференция, посвященная включению Национального природного парка «Книжная геология» в глобальную сеть геопарков ЮНЕСКО

Государственный геологический комитет провел онлайн-конференцию о будущем включении национального парка «Книжная геология» в будущую сеть глобальных геопарков ЮНЕСКО.
В мероприятии приняли участие эксперты Государственного комитета по геологии и минеральным ресурсам, Комитета по развитию туризма Республики Узбекистан, Государственного комитета по экологии и охране окружающей среды Республики Узбекистан и члены Национальной комиссии Республики Узбекистан по делам ЮНЕСКО. , Представители Бюро ЮНЕСКО в Алматы.

01.11.2020 / 11:11
Состоялась встреча лидера и молодежи.

14-18 сентября т.г. в Государственном предприятии «Институт ГИДРОИНГЕО» при Государственном геологическом комитете прошла «Встреча лидеров и молодежи» для ознакомления с исследовательской работой и независимыми исследованиями молодых специалистов, работающих в институте.

15.03.2021 / 16:04
ОСНОВЫ ТРИГОНОМЕТРИИ – ПУТЬ В РЕАЛЬНУЮ ЖИЗНЬ

Тригонометрия желает

Двум теоремам всех учить,

Как термин «синус» изъясняет

И учит тангенс находить…

(П.Фристайлер)