Test rejimi                 Тестовый режим                 Test mode Карта сайта
Увеличить на0%

Новости

Inson salomatligi barcha neʼmatlardan ustun

17.09.2021 / 12:09
184

Dunyoning global muammosi bo‘lgan koronavirusning (COVID 19) oldini olish, undan himoyalanish – karantin qoidalariga rioya etish bugungi kunda muhim vazifalarimizdan biri sanaladi. Ayniqsa umumiy transport vositalarida, ishxona, oliy taʼlim muassasalarida bir so‘z bilan aytganda jamoat gavjum bo‘ladigan joylarda gigiyenik qoidalarga jiddiy e’tibor qaratish nafaqat o‘zimizni balki atrofimizdagilarning ham salomatligini asragan bo‘lamiz.

 Inson salomatligi barcha neʼmatlardan ustun

Dunyoning global muammosi bo‘lgan koronavirusning (COVID 19) oldini olish, undan himoyalanish – karantin qoidalariga rioya etish bugungi kunda muhim vazifalarimizdan biri sanaladi. Ayniqsa umumiy transport vositalarida, ishxona, oliy taʼlim muassasalarida bir so‘z bilan aytganda jamoat gavjum bo‘ladigan joylarda gigiyenik qoidalarga jiddiy e’tibor qaratish nafaqat o‘zimizni balki atrofimizdagilarning ham salomatligini asragan bo‘lamiz.

         Yurtimizdagi barcha oliy taʼlim muassasalarida yangi o‘quv yili anʼanaviy tarzda boshlangani, albatta barchamizni quvontirdi. Bunday holatni muntazam saqlash uchun barchamizdan karantin qoidalariga rioya etish talab etiladi.

         Geologiya fanlari universiteti tibbiyot xodimi universitet talabalari uchun koronavirus infeksiyasidan saqlanish va unga qarshi kurashishga doir mavzularda barcha kurs talabalar bilan davra suhbatlari olib bormoqda.

 - Universitetimizda talabalar, professor-o‘qituvchilar hamda ishchi xodimlarni o‘z xohishlari bilan emlanishlari uchun, ularga qulaylik yaratish maqsadida universitetimizga bir guruh oliy malakali tibbiyot xodimlarini jalb qilganmiz. Emlanishni xohlovchilar murojaat qilishsa, universitetning o‘zida emlash amalga oshiriladi.  

Bundan tashqari 2021 yil 1 noyabr oyigacha to‘liq emlangan  kontrakt asosida taʼlim olayotgan talabalar kontrakt pulining 10% chegirmasiga ega bo‘lishlari mumkin.

Shuni ham alohida aytishim kerakki, koronavirus tarqalishini oldini olish uchun birinchi navbatda shaxsiy gigiyenaga qatʼiy rioya etishlari, kasallik aniqlangan holatlarda zudlik bilan tibbiyot xodimiga murojaat qilishlarini tavsiya qilamiz.

Universitetimiz tomonidan bir marotabalik niqoblar hamda tarkibida spirt bo‘lgan antiseptik vositalar bilan taʼminlangan bo‘lib, barchaning o‘z sog‘liqlariga eʼtiborli bo‘lishlari nafaqat o‘zlari balki atrofdagilar uchun ham manfaatli ekanini eslatib o‘tmoqchiman, - deydi  universitet tibbiyot xodimi Gulnoza Eshankulova.

Мы рекомендуем

26.08.2021 / 15:08
Magistratura uchun chet tili bo‘yicha test sinovlari

 2021-2022-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarining 2-bosqichi, ya’ni, chet tili bo‘yicha test sinovlari 2021-yil 28-29-avgust kunlari 3 smenada o‘tkaziladi.

16.03.2021 / 14:03

Южно Корейское агентство международного сотрудничества «KOICA» объявил долгосрочную магистерскую программу

 

 

03.06.2021 / 11:06
Малакали педагогларга Геология фанлари университети томонидан сертификатлар топширилди

Ўзбекистон Республикаси Президенти раҳбарлигида 2020 йил 30 октябрда “Таълим соҳасидаги муаммолар, уларни ҳал этиш ва таълим сифатини ошириш” мавзусида ўтказилди.

01.11.2020 / 15:11
Награждена группа выдающихся сотрудников системы образования.

Достойный вклад в развитие системы образования в нашей стране на основе международных стандартов, успешное проведение реформ в сфере, внедрение передового зарубежного опыта, инновационных педагогических и информационно-коммуникационных технологий в образовательный процесс, подготовка высококвалифицированных кадров.